Fotihbek Komilov Genetikadan masalalar yechish



Yüklə 0,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə27/50
tarix07.01.2024
ölçüsü0,64 Mb.
#207133
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   50
Genetika kitobi @BioCoderR

epistatik
irsiylanishi deyiladi. O‘ziga allel bo‘lmagan bironta 
genning ta’sirini bo‘g‘adigan, ya’ni ustunlik qiladigan gen epistatik 
(ingibitor) gen hisoblanadi. Agar dominant gen ustunlik qilsa 
dominant epistaz, retsessiv gen ustun bo‘lsa retsessiv epistaz 
deyiladi.
Dominant epistazda 
ingibitor genlar sifatida dominant genlar 
ishtirok etadi. Dominant epistazda F2 da belgilarning fenotip 
bo‘yicha 13:3 va 12:3:1 nisbatda ajralishi kuzatiladi. 
12:3:1 nisbatli ajralishda ingibitor gen yangi belgini hosil qiladi. 
13:3 nisbatli ajralishda ingibitor gen yangi belgini yuzaga 
chiqarmasdan, dominant belgini, retsessiv belgi yuzaga 
chiqaradigan fenotip bilan bir xil qilib qo`yadi. 
Epistatik genlarning 13:3 
nisbatli ta`siri
 


Fotihbek Komilov Genetikadan masalalar yechish 
26 
Retsessiv epistazda: 
9:3:4 nisbatda bo`lganda, retsessiv ingibitor gen ta`sirida 
yangi belgi yuzaga chiqadi, uning dominant alleli bo`lsa 
retsessiv ingibitor o`z ingibitorligini yo`qotadi. 
9:7 nisbatda retsessiv ingibitor gen yangi belgini yuzaga 
chiqarmasdan, dominant belgini, retsessiv belgi yuzaga 
chiqaradigan fenotip bilan bir xil qilib qo`yadi. 
1.G`o`zada A gen tolani malla, a geni esa oq rangda bo`lishini ta`minlaydi. B geni esa yuqoridagi 
har ikkala gen ta`sirini bo`g`ib, tolaning yashil rangda bo`lishiga olib keladi. b geni hech qanday 
ta`sir ko`rsatmaydi. aaBB x AAbb genotipli liniyalar chatishtirilib, F1 da 116 ta o`simlik olindi. 
F1 o`zaro chatishtirilganda 800 ta o`simlik olingan: a) F1 dagi o`simliklarning qanchasi yashil 
tolali bo`ladi? b)F2 dagi o`simliklarning qanchasi yashil, qanchasi oq, qanchasi malla tolali? 
Yechish: 
P aaBB x AAbb 
F1 AaBb 
a) Javob: F1 ning barchasi yashil bo`ladi 
b) P AaBb x AaBb 

Yüklə 0,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   50




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin