Fotihbek Komilov Genetikadan masalalar yechish



Yüklə 0,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/50
tarix07.01.2024
ölçüsü0,64 Mb.
#207133
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   50
Genetika kitobi @BioCoderR

 
 


Fotihbek Komilov Genetikadan masalalar yechish 

 
 
 
 
 
 
Umumiy tushunchalar
 
Genetika yunoncha “genetikos” so‘zidan olingan bo‘lib, “tug‘ilish, kelib chiqish” degan ma’noni 
anglatadi. Genetika atamasi fanga 1906- yilda angliyalik olim V.Bеtson tomonidan kiritilgan. 
Genetika
— organizmlarning ikki xususiyati: irsiyat va o‘zgaruvchanligini o‘rganadi. 
Irsiyat 
— tirik organizmlarning o‘ziga xos belgi va xususiyatlarini kelgusi avlodlarga qoldirish
ya’ni nasldan-naslga berish xossasidir. 
O‘zgaruvchanlik 
– organizmlarning yangi belgilari va xususiyatlarini namoyon etish 
qobiliyatidir. 
Gen 
- organizmlarda ularning belgi va xususiyatlarining nasldan-naslga berilishini ta’min 
etuvchi irsiy birlik. Masalalarda, 1 ta genni belgilash uchun, lotin alifbosidagi harflardan 
foydalaniladi. 
Dominant belgi 
– ustun turuvchi belgi bo`lib, bosh harflar bilan ifodalanadi(A). 
Retsessiv belgi 
– dominant belgi bilan bo`lgan holatda yuzaga chiqmaydigan belgilar bo`lib, 
kichik harflar bilan ifodalanadi(a). 
Chatishtish “x” belgisi bilan ifodalanadi. Ota-ona organizmlar oldiga “P” harfi (lotincha 
“Parents” – ota-ona degan ma’noni anglatadi). Ota-ona organizm va duragaylarda hosil 
bo‘ladigan gametalar “G” harfi bilan belgilanadi. Duragaylash natijasida olingan birinchi avlod 
duragay – 
F1
, ikkinchi avlod duragay – 
F2
va h.k simvollar bilan belgilanadi. “F” harfi lotincha 
“Filio” so‘zidan olingan bo‘lib, bolalar degan ma’noni anglatadi. Birinchi avlod (F1) duragaylarni 
retsessiv gomozigotali organizmlari bilan qayta chatishtirish – tahliliy chatishtirish yoki 

Yüklə 0,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   50




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin