bekkross deb ataladi. Olingan avlod esa Fb tarzida belgilanadi.
Monoduragay chatishtirish - bir juft belgisi bilan o‘zaro keskin farq qiluvchi organizmlarni
chatishtirish.
Poliduragay chatishtirish - uch va undan ortiq belgilari
bilan farq qiluvchi organizmlarni
chatishtirish.
Agar organizm genotipida ikkita bir xil genlar bo‘lsa, bunday
organizm
gomozigota organizm deyiladi. Gomozigota organizm
dominant (AA yoki BB) yoki retsessiv (aa yoki bb) holatda bo‘ladi.
Agar genlar bir-biridan farq qilsa, ya’ni biri dominant, ikkinchisi
retsessiv (Aa yoki Bb) bo‘lsa, bunday genotipli organizm
geterozigota organizm deyiladi.
Allel genlar - Bir-birini istisno etadigan belgilarning rivojlanishini aniqlab beruvchi genlar
juftlarni hosil qilishini no‘xat, namozshomgul va boshqa obyektlardagi nasldan naslga o‘tish
misolida ko‘rish mumkin. Masalan, no‘xat donlari rangining sariq bilan yashil rangini belgilovchi
geni, gul rangining oq bilan qizil rangini belgilovchi geni va boshqalar ana shunday juftlardir.
Juft genlar
allel genlar deb a taladi. Demak, no‘xat donlari rangining sariq va yashil rangini
belgilovchi genlari allel genlar (allellar)dir. Allel genlar gomologik, ya’ni juft xromosomalardan
joy oladi, shunga ko‘ra meyoz jarayonida ular har xil gametalarga o‘tib qoladi.
Alternativ belgilar – allel bo`lmagan genlar yuzaga chiqaradigan belgilar.
Fotihbek Komilov Genetikadan masalalar yechish
5
GAMETA OLISH (monoduragayda) 1.No`xatning sariq gomozigota va yashil donli formalaridan qanday gametalar olinadi?