A) A va a B) a C) A D) AA va aa
Yechish:
Gomozigota sariq – AA. gomozigota deyilgani uchun 2 ta bir xil A harfidan foydalaniladi.
Yashil – retsessiv belgi deyilgani uchun kichik harflar bilan shartli belgilash kiritamiz ya`ni,
aa tarzda.
Yuqoridagi 2 xil belgilashlar ota-onaning
genotipi deb ataladi, ularning belgi xossalari esa,
fenotip deyiladi. Misol uchun, bu yerda AA genotipli no`xat doni sariq, aa genotipli no`xatniki
esa, yashil bo`ladi. Sariq yoki yashilligini
fenotip deb ataymiz.
Eslatma: monoduragay chatishtirishda gameta hech qachon 2 ta harfdan iborat bo`lmaydi. P AA x aa ko`rinishida yozib olamiz hamda bundan gameta olamiz:
“AA” dan “A” ni; “aa” dan esa, “a” ni gameta sifatida ajratib olamiz. Bu yerdagi ota va ona
organizmlarning genotiplari faqatgina bir xil harflardan iboratligi uchun(AA yoki aa), bir
donadan gameta olish kifoya(A yoki a).
Demak, javob: A va a 2.No`xatning sariq geterozigota va yashil donli formalaridan qanday gametalar olinadi? Izoh:
no`xatda donning sariqligi dominant(B), yashilligi retsessiv(b).
A)
B va b
B) B,b va b C) b va b D) B va B
Yechish: sariq forma geterozigota bo`lgani uchun, Bb tarzda, yashilni esa avvalgi masaladagidek
bb genotip orqali ifodalaymiz.
Bundan P Bb x bb holati aks etadi.
Bb genotipda 2 xil harf bo`lganligi sababli, ularning har biri alohida gameta bo`ladi ya`ni, B va b
gametalar. “bb” genotipdan esa doimgidek “b” gameta hosil bo`ladi. Demak javob, B,b va b
Eslatma: Berilgan belgilarga ixtiyoriy harflar orqali shartli belgilash kiritib olish mumkin. Katta
harflar har doim birinchi yoziladi.
Mustaqil yechish uchun: 1.No`xatning silliq gomozigota va burishgan donli formalaridan qanday gametalar olinadi?
Izoh: no`xatda donning silliqligi dominant(B), burishganligi retsessiv(b).
A)
B va B
B) B va b C) B,b va b
2.No`xatning silliq geterozigota va burishgan donli formalaridan qanday gametalar olinadi?
Izoh: no`xatda donning silliqligi dominant(B), burishganligi retsessiv(b).
A)
B va B B) B va b