Fotihbek Komilov Genetikadan masalalar yechish
6
MONODURAGAY CHATISHTIRISH
Mendelning birinchi qonuni
- dominantlik qonuni
yoki
birinchi bo‘g‘inda bir xillilik qonuni
deb
ataladi.
1.No`xatning sariq gomozigota va yashil donli formalari chatishtirilganda, F1
da qanday
genotip va fenotip olinadi hamda ular qanday nisbatda bo`ladi? Izoh: No`xatda donning
sariqligi dominant(A), yashilligi retsessiv(a).
Yechish:
P AA x aa
Gam. A a
F
1
Aa
Ko’rinib
turibdiki, chatishtirish natijasida Aa genotipli duragay hosil bo`ldi. Uning genotipida
dominant A bo`lgani uchun, sariq rangli no`xat donlarini hosil qilib, yashil rang(a) F1 da yuzaga
chiqmaydi. F1 dagi barcha organizm faqat bir xil genotipga va fenotipga ega bo`lgani uchun,
genotip hamda fenotipini 100% deyish mumkin.
Javob: genotip-Aa; fenotip – sariq donli
no`xat
;
genotip-100%; fenotip-100%
Mendelning ikkinchi (belgilarni ajralish) qonuni.
Agar yuqoridagi
tajribadan olingan
geterozigota holatdagi F1 bo‘g‘inlar o‘zaro chatishtirilsa, ikkinchi bo‘g‘in (F2)da ajralish hodisasi
kuzatiladi: o‘zida ota-onalaridan ikkalasining belgilari bor o‘simliklar ma’lum son nisbatlarida
paydo bo‘ladi. Olingan duragaylarning 3/4
qismi dominant belgiga, 1/4 qismi
retsessiv belgiga ega bo‘ladi. Geterozigota organizmlarni chatishtirish natijasida olingan
avlodlarning ma’lum qismi dominant belgilarni, boshqa qismi esa retsessiv belgilarni namoyon
qiladi. Bu Mendelning ikkinchi qonuni
Dostları ilə paylaş: