Fotihbek Komilov Genetikadan masalalar yechish


A) Mendelning bir xillilik qonuni va Mendelning ajralish qonuni



Yüklə 0,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/50
tarix07.01.2024
ölçüsü0,64 Mb.
#207133
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   50
Genetika kitobi @BioCoderR

A) Mendelning bir xillilik qonuni va Mendelning ajralish qonuni 
B) Chala dominantlik qonuni, Morganning birikkan holda irsiylanish qonuni 
C) Mendelning dominantlik qonuni va Mendelning mustaqil irsiylanish qonuni 
D) Nilson Elening polimeriya hodisasi va Mendelning mustaqil irsiylanish qonuni 
 
Chala dominantlik 
Mendel tajribalarida no‘xat donining sariq rangi yashil rangi ustidan, gulning qizil rangi, oq rang 
ustidan to‘liq dominantlik qiladi. Lekin tabiatda ayrim o‘simlik va hayvonlar o‘zaro 
chatishtirilganda doimo bu hodisa namoyon bo‘lavermaydi. Ba’zan chatishtirishda ishtirok 
etgan ota-ona belgilari duragay larda oraliq holda irsiylanishi mumkin. Geterozigota 
formalarda belgilar ko‘pincha oraliq xarakterga ega bo‘ladi, ya’ni dominantlik chala bo‘lishi 
mumkin. Quyida namozshomgul o‘simligining ikki irsiy formasini chatishtirish natijalari 
ko‘rsatilgan. Ulardan birining gullari qizil, ikkinchisiniki – oq. Birinchi avlod duragaylarining 
hammasi pushti gulli, ya’ni oraliq xarakterda bo‘ladi. Agar olingan birinchi bo‘g‘in pushti gulli 
o‘simliklar o‘zaro chatishtirilsa, ikkinchi bo‘g‘inda fenotip va genotip jihatdan nisbat 1:2:1 
bo‘ladi 
1.Namozshomgulning qizil va oq formalari chatishtirilganda hosil bo`lgan duragayning 
fenotipini aniqlang. 
P
x
aa 
Gam. A a
F

Aa 
Javob:
fenotip - 100% pushti gulli namozshomgul. 
 
Mustaqil yechish uchun masalalar
 
1. Namozshomgulning qizil geterozigota formalari o`zaro chatishtirilganda hosil bo`lgan 
duragayning fenotipik va genotipik nisbatlarini aniqlang. 
J: Fen-1:2:1; Gen-1:2:1 nisbatda 
2. G‘o‘zada malla rangli tola oq tola ustidan qisman dominantlik qilgani uchun F1 bo‘g‘inda 
novvotrang tolali forma hosil bo‘ladi. Agar F1 duragaylar o‘zaro chatishtirilsa, F2 da qanday 
natija olinadi?Javob: 1:2:1 nisbatdagi fenotip va genotip 


Fotihbek Komilov Genetikadan masalalar yechish 
10 
3.Namozshomgulning qizil va pushti gultojibargli formalari oq gultoji bargli formasi bilan 
chatishtirilganda, birinchi chatishtirishda F1 pushti gultojibargli, ikkinchi chatishtirishda 50% 
pushti, 50% oq gultojibargli formalar hosil bo‘ladi. Har ikkala tajribadagi ota-ona va 
F1 duragaylarning genotipini aniqlang. 
4. G‘o‘za tolasining qo‘ng‘ir rangi gomozigota holatdagi gen bilan ifodalanadi. Ushbu genning 
retsessiv alleli oq rangni yuzaga keltiradi. Geterozigota holdagi individlarda tolasi 
novvotrangda bo‘ladi. Qo‘ng‘ir tolali bilan oq tolali g‘o‘za navlari chatishtirilganda F1 da 1800 
ta o‘simlik olingan. Shundan nechtasining tolasi novvotrangda bo‘ladi? Javob: 1800 ta 

Yüklə 0,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   50




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin