Fotihbek Komilov Genetikadan masalalar yechish



Yüklə 0,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/50
tarix07.01.2024
ölçüsü0,64 Mb.
#207133
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   50
Genetika kitobi @BioCoderR

 
 
Diduragay chatishtirish
 
Diduragay chatishtirish 
-
Ikki juft belgilari bilan farq qiluvchi ota-ona organizmlarni 
chatishtirish. 
Diduragay chatishtirishda duragaylash uchun ikki juft alternativ belgili
 
masalan, rangi va shakli 
bilan farq qiluvchi no‘xatlar chatishtiriladi. Digomozigotali organizmlar AABB (sariq, silliq) va 
aabb (yashil, burushgan) organizmlar chatishtirishdan F1da АаВb (100%) sariq silliq 
organizmlar olinadi. Bunda birinchi avlodda bir xillilik (bir xilligi) qonunining yuzaga 
chiqqanligini ko‘ramiz. So‘ngra hosil bo‘lgan digeterozigota duragaylar o‘zaro chatishtirilganda 
F2 quyidagi natijani olamiz: sariq silliq A – B–; sariq burushgan A – bb;
 
yashil silliq aaB–; yashil 
burushgan – aabb. Duragaylarning F2 dagi fenotipik jihatdan 9:3:3:1, genotipik jihatdan 
1:2:2:4:1:2:1:2:1 nisbatda ajralish beradi. Duragaylarda hosil bo‘ladigan gametalarni hisoblab 
topish mumkin.Poliduragaylardagi gametalarning umumiy sonini hisoblash formulasi — 2
n


— genotipdagi geterozigota juft genlarning soni ( Aa) duragayda ikki xil 21 gameta; AaBb 
duragayda esa to‘rt xil 22 tipdagi gameta hosil bo‘ladi. AaBbCc — triduragayda sakkiz xil 23 
tipdagi gameta hosil bo‘ladi. 
 
 
 
1. No`xatning uzun poyali, oq gultojbargli formasi, kalta poyali, qizil gultojbargli navlar bilan 
chatishtirilganda F1 da 120 ta uzun poyali, qizil gultojbargli o`simliklar hosil bo`lgan. F2 da 720 
ta o`simlik olindi. A) F1 dan necha xil gameta hosil bo`ladi. B) F1 necha xil genotipga ega? c)F2 
dagi o`simliklarning nechtasi uzun poyali, qizil gultojbargli bo`lgan? D) F2 dagi o`simliklarning 
nechtasi kalta poyali, oq gultojbargli bo`ladi? 
a)
A-Uzun a-kalta B-qizil b-oq
P AAbb x aaBB 
Gam. Ab aB 
F1 AaBb
Bu genotipdan necha xil gameta hosil bo`lishini aniqlash uchun yuqoridagi jadvalda berilgan 
formuladan foydalaniladi: 2
n
. AaBb genotipda “n” 2 ga teng. Demak, 2
2
=4. 4 xil gameta 
hosil bo`ladi. 
b) yuqoridagi yechimdan ko`rinib turibdiki F1 da faqatgina AaBb genotipik sinf hosil bo`lgan.
Demak, 1ta genotipik sinf hosil bo`ladi. 
c) F2 ni aniqlash uchun F1 organizmlarni o`zaro chatishtiramiz. Natijani Pennet katakchasida 
ifodalaymiz. 


Fotihbek Komilov Genetikadan masalalar yechish 
13 
P AaBb x AaBb 

Yüklə 0,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   50




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin