600 B) 300 C) 450 D) 900
14.
Tariq o‘simligida poyasining baland va donining yirik bo‘lishi poyaning past va donining
mayda bo‘lishi ustidan to‘liq dominantlik qiladi. Tajribada digeterozigotali tariq navlari
o‘zaro chatishtirildi. Natijada olingan 1200 ta baland poyali o‘simliklarning nechtasida mayda
donga ega bo‘ladi?
A) 100 B) 300 C) 600 D) 400
15.Mushuklarda yungining kalta bo‘lishi uzun bo`lishi ustidan, yungida oq doglarning bo`lishini
ta’minlovchi gen dog‘ni yuzaga chiqarmaydigan gen ustidan to`liq dominantlik qiladi. Kalta
yungli oq doglari bor mushuklar o‘zaro chatishtirilganda nazariy jihatdan 752 ta mushukcha
olingan. Ulardan 141 tasi uzun yungli oq dogli, 47 tasi uzun yungli dog‘siz mushukcha bo`lsa,
kalta yungli oq dog‘siz mushukchalarning sonini toping.
A) 423 B) 188 C) 141 D) 282
16. Tariq o‘simligida poyasining baland va donining yirik bo`lishi poyaning past va donining
mayda bo‘lishi ustidan to‘liq dominantlik qiladi. Tajribada digeterozigotali tariq navlari o‘zaro
chatishtirildi. Agar 400 ta past poyali o‘simlik olingan bo‘lsa, o‘simliklarning qanchasi baland
bo‘yli yirik donli bo‘ladi?
A) 300 B) 100 C) 400 D) 900
17.
Odamlarda albinizm va fenilketonuriyani yuzaga chiqaruvchi genlar har xil autosomada
joylashgan bo‘lib, retsessiv holda irsiylanadi. Digeterozigota ota onadan tug‘ilgan ikki belgi
bo‘yicha kasal farzandlarni hisobga olmaganda, ikki belgisi bo‘yicha sog‘lom farzandlarning
tug‘ilish ehtimolini aniqlang.
A) 20 %
C) 60 %
B) 40 %
D) 50 %
18.
Dengiz cho‘chqalarida junning hurpaygan bo`lishi silliq bo‘lishi ustidan dominantlik qiladi.
Hurpaygan junli dengiz cho‘chqalari o‘zaro chatishtirildi. Olingan avlodda geterozigotali
hurpaygan junli cho‘chqalar soni gomozigotali hurpaygan junli cho‘chqalar sonidan 60 taga
ko‘p bo‘lgan. Avlodda jami nechta hurpaygan junli dengiz cho‘chqasi olingan?
A) 60
B) 180
C) 120