hujayrasi loviyasimon tuzilishga ega. Ular suv bug‘ latish va gazlar
almashinuvida ishtirok etadi. Refleks hosil qiluvchi nerv hujayra-
larining uzun va kalta o ‘simtalari mavjud. Nerv o ‘simtalari nerv
impulslarini hujayradan hujayraga o ‘tkazib beradi.
H u ja y ra n in g t a r k ib iy q is m la ri. Hujayralar i kki guruhga b o ‘ linadi:
1. Prokariotlar - yadrosi shakllanmagan organizmlar b o ‘ lib, ularga
bakteriyalar va ko‘k-yashil suvo‘tlar kiradi. 2. Eukariotlar - yadrosi
yaxshi shakllangan organizmlar hisoblanadi, ularga zam burug‘ lar,
o ‘simliklar va hayvonlar misol b o ‘ ladi.
Har qanday eukariot hujayra uchta asosiy tarkibiy qismdan
iborat:
1) sitoplazmatik membrana - hujayrani tashqi tomondan o ‘ rab
himoya qiladi. Hujayra uchun kerakli bo‘ lgan moddalarni tanlab
o ‘tkazadi.
2) sitoplazma - hujayraning ichki suyuqligi. Uning tarkibida
turli vazifalarni bajaruvchi organoidlar mavjud. Sitoplazmadagi
har bir organoid o ‘z vazifasiga ega. Ular bu vazifani q at’ iy qo-
nuniyat asosida bajaradi. Biror organoidning ishlamasligi t o ‘qima
va organlar ishining buzilishiga va organizmning kasallanishiga
olib keladi.
3) yadro - hujayraning eng muhim qismi b o ‘ lib, irsiy axborotni
saqlaydi, nasldan naslga o ‘tishini ta’ minlaydi va moddalar alma-
shinuvini boshqaradi.
O ‘ s im lik va hayvon h u ja y ra la rin in g o ‘ x s h a s h lig i va fa r q la -
ri. O‘simlik va hayvon hujayralari membrana, sitoplazma va yadro-
ga egaligi bilan bir-biriga o ‘xshaydi. Ular quyidagi belgilariga ko‘ra
o ‘zaro farq qiladi.
1. Faqat o ‘simlik hujayralari uchun xos belgilar:
• sitoplazmatik membrana ustida sellyuloza qobiqning mavjud-
ligi;
• plastidaga ega b o ‘ lishi;
• shira to ‘plovchi vakuolaning b o ‘ lishi va kattalashib borishi.
Sellyuloza qobiq o ‘simlikka mustahkamlik beradi va tayanch
vazifasini bajaradi. Plastidalar faqat o ‘simlik hujayrasiga xos o r
ganoid b o ‘ lib, ularning uch xil turi mavjud: xloroplast (yashil) -
Dostları ilə paylaş: