:i
3 - la b o ra to riy a m a s h g 'u lo ti
Piyoz p o 's t i h u ja y ra s in in g tu z ilis h in i m ik r o s k o p d a o 'r g a n is h
Kerakli jihozlar.
buyum oynasi, qoplag‘ ich oyna, skalpel, pinset,
pipetka, mikroskop, filtr qog‘oz, yod eritmasi, piyoz.
ф edurtm_uz
15-rasm . Piyoz po‘stidan preparat tayyorlash.
Ishni bajarish ta rtib i.
1. Piyozni skalpel yordamida to‘ rtga bo‘ ling (15-rasm).
2. Tozalab artilgan buyum oynasiga pipetka
yordamida bir tomchi
suv tomizing.
3. Pinset yordamida kesilgan piyozning yupqa po‘stini ajratib oling.
4. Piyozning yupqa po‘stini buyum oynasidagi bir tomchi suv ustiga
tekis qilib joylashtiring va ustiga bir tomchi yod eritmasi tomizing.
5. Qoplag‘ ich oyna bilan yopib, ortiqcha suvni filtr qog‘ozga
shim-
diring.
6. Dastlab mikroskopning kichik obyektivida, keyin katta obyektivi-
da kuzating (16-rasm).
s it o p l a z m a -
y a d ro
v a k u o la
m e m b r a n a
t e s h ik c h a la r i
selly u lo za q obiq
16-rasm . Piyoz po‘stini mikroskop ostida ko‘ rish.
22
8.
Mikroskop ostida ko‘ringan tasvirni daftaringizga
chizing va xu-
losa yozing.
Mikroskop ostida qaralganda zich joylashgan silindrsimon piyoz
hujayralari ko‘rinadi. M ikroskopning katta obyektiviga o‘tkazilganda
hujayra sitoplazmasi, vakuolasi, yadrosini kuzatish mumkin.
Hujayralar
tashqi tomondan sellyuloza qobiq bilan o‘ralgan. Hujayra qobig‘idagi
teshikchalar orqali suv va mineral moddalar hujayradan hujayraga
o‘tkaziladi.
II BOB. TIRIK O R G A N IZ M LA R N IN G X IL M A -X IL L IG I
5 - § . T i r i k o r g a n i z m l a r h a q i d a u m u m i y m a ’ lu m o t
Barcha
tirik organizmlar oziqlanadi, nafas oladi, ko‘payadi,
o ‘sadi va rivojlanadi. Avvalgi mavzularda tirik organizmlar hujayra-
lardan iborat ekanligini bilib oldik. Barcha
tirik organizmlar proka-
riot va eukariot hujayradan tuzilganligi, hujayrasining katta-kichik-
ligi, avtotrof va geterotrof oziqlanishi va boshqa belgilariga ko‘ra
farqlanadi.
Tirik organizmlar xilma-xil b o ‘ lib,
ular bakteriyalar dunyosi,
zam burug‘ lar dunyosi, o ‘simliklar dunyosi va hayvonot dunyosiga
bo‘ linadi (17-rasm).
Dostları ilə paylaş: