1.Fe’llar zamon bilan o'zgaradi. Fe’l uch zamonni bildiradi: hozirgi
zamon, o'tgan zamon, kelasi zamon.
2. Hozirgi zamon fe’llari
nima qilyapti?
so'rog'iga javob bo'ladi,
hoziming o'zida, ya’ni nutq so'zlanayotgan vaqtda bajarilayotgan
harakatni bildiradi.
3. O'tgan zamon fe’li
nima qildi?
so'rog'iga javob bo'ladi, harakat
ning oldin, ya’ni nutq so'zlanayotgan vaqtdan oldin bajarilganini
bildiradi.
4. Kelasi zamon fe’li
nima qilmoqchi?
so'rog'iga javob bo'ladi,
harakatning keyin, ya’ni nutq so'zlanayotgan vaqtdan keyin bajari
lishini bildiradi. Boshlang'ich sinf o'quvchilari fe’l zamonlarini unga
beriladigan savoldan bilib oladilar. So'roqdan uning leksik ma’nosi
ham bilinib turadi.
Fe’ining zamon shaklini yasash va bilib olish uchun o'quvchilarni
so'roqlardan to'g'ri foydalanishga o'rgatish muhim ahamiyatga ega.
Bu maqsadga erishish uchun awal jamoaviy ravishda ishlanadi va
o'quvchilar e’tibori so'roq bilan fe’l zamonining bog'lanishini aniq
lashga qaratiladi. Zamon shaklini hosil qilish uchun fe’ining 11 shaxs
birlik shakli asos qilib olinadi (Boshlang'ich sinflarda fe’ining bosh
shakli o'rganilmaydi). Fe’Iga so'roq berish bilan fe’l
zamoni hosil
qilinadi.
Bir fe’ldan uch zamonni hosil qilib, ularni taqqoslash mashqi
fe’ining zamon kategoriyasining mohiyatini tushunishga yordam
beradi. Shuning uchun ,,Fe’l“ mavzusini o'rganish jarayonida fe’lni
zamon qo'shimchasi bilan o'zgartirish mashqi muntazam o'tkazib
boriladi.
O'quvchilarni fe’l zamonlarini ongli qo'llashga o'rgatish maq
sadida matnlardan foydalaniladi. Bunda fe’l zamonini aniqlash va
biror fe’l shaklidan
foydalanishni asoslash, shuningdek, fe’l zamonini
o'zgartirish, fe’llami muayyan bir zamonda ishlatib hikoya tuzish
topshiriladi.
Dasturga ko'ra, bu sinfda fe’llarda shaxs-son haqida tushuncha
beriladi. O'quvchilarda o'zbek tilida III shaxs: so'zlovchi (I shaxs),
tinglovchi (II shaxs), o'zga (III shaxs) mavjudligi haqidagi dastlabki
ko'nikma „Otlaming egalik qo'shimchalari bilan o'zgarishi" va „Kishi
lik olmoshlari" mavzulari o'rganilayotganda hosil qilingan. „Fe’llarda
shaxs-son" mavzusi shu ko'nikmaga asoslangan holda tushuntiriladi.
Suhbat asosida kishilik
olmoshlari III shaxsni, birlik va ko'plikni
bildirishi eslatilgach, o'quvchilarga men olmoshini qatnashtirib gap
www.ziyouz.com kutubxonasi
tuzish topshiriladi. Ular tuzgan gap o'qituvchi rahbarligida tahlil
qilinadi
'(Men kitobni o ‘qiciim).
O'quvchilar
men
I shaxs birlikdagi
kishilik olmoshi ekanini aytadilar;
o ‘qidim
fe’lini so'z tarkibiga ko‘ra
tahlil qilib,
o ‘qi —
o‘zak,
-di —
o'tgan zamon qo'shimchasi,
-m
ham
qo'shimcha ekanini aniqlaydilar. O'qituvchi
quyidagi mazmunda
tushuntiradi: ish-harakat so'zlovchi (I shaxs), tinglovchi (II shaxs),
o'zga (III shaxs) tomonidan bajarilishi mumkin; ikkinchidan, ish-
harakat yakka (bir) yoki bir necha shaxs tomonidan bajarilishi ham
mumkin. Fe’llarga qo'shilib, ish-harakatni bajargan shaxsni va sonni
(ko'plik va birlikni) ham bildiradigan qo'shimchalar bor. Masalan,
o'qidim
fe’lidagi
-m
qo'shimchasi shunday ma’noni bildiradi,
u shaxs-
son qo'shimchasidir. Chunki
-m
o'qish harakatini bajargan shaxsni
(I shaxsni) va sonini (bir kishi bajarganini) bildiryapti, ya’ni ham
shaxsni, ham sonni ifodalayapti. O'qituvchi (xattaxtaga yozilgan gap
larni ko'rsatib) „Nuqtalar o'rniga gapning mazmuniga mos bo'lgan
fe’llaming shaxs-son qo'shimchasini topib qo'yib, gaplarni o'qish"
vazifasini beradi. Mashq o'qituvchi rahbarligida birgalikda bajariladi.
Suhbat asosida xulosa chiqariladi: Fe’llar shaxs-son qo'shimchalari
bilan o'zgaradi. Shaxs-son qo'shimchalari zamon qo'shimchalaridan
keyin qo'shiladi.
Fe’llarda shaxs-son haqidagi ko'ntkmani shakllantirish uchun
mazmunga mos shaxs-son qo'shimchalarini qo'yish, berilgan fe’llarni
hozirgi, o'tgan, kelasi zamonda shaxs-son qo'shimchasi bilan tuslash,
fe’llarni so'z turkumi jihatdan tahlil qilish mashqlaridan foydalaniladi.
Bu sinfda fe’llaming yozilishi haqida ham ko'nikma hosil qilinadi.
Mavzuni tushuntirish uchun fe’llar ko'proq bo'lgan
matn tanlanib,
matnni o'qish, so'roq berib fe’llarni topish va qanday yozilganini aytish
topshiriladi. O'quvchilar o'qituvchi rahbarligida vazifani bajaradilar.
Dostları ilə paylaş: