Ona tili o\'qitish metodikasi (K.Qopsimova, S.Matchonov va b.)
hayotidan g'ururlanish, m ehnatga va m ehnatkash insonlarga m uhab- batni) ifodalaydi. 3. Hikoya, insho uchun mavzuga taalluqli, uni yoritishga zarur bo'lgan materialniyig'ish. Bu bayonga ham taalluqli bo'lib, nam unaviy m atn tahlil qilinadi, m azm unini to'g'ri tushunish ustida ishlanadi, asosiy m azm un ajratiladi. 4. Materialni tartibga solish, uni tegishli izchillikda joylashtirish, matn rejasini tuzish va shu reja asosida yozish ко ‘nikmasi. 5. Fikrni adabiy til m e ’yorlariga rioya qilgan holda to'g'ri ifodalay olish ko'nikmasi. B uning uchun bayon va inshoni nutqiy shakllanti- rishdan oldin unga til tom ond an tayyorgarlik ko'riladi. 6. Matnni og'zaki yoki yozma tuzish, inshoni yozish, y a ’ni barcha tayyorgarlik ishlarini yakunlash ко 'nikmasi. 7. Yozilgan matnni takomillashtirish ko'nikmasi. Bu ko'nikm a o 'z ijodiga tanqidiy m unosabatda bo'lish asosida tarbiyalanadi. O 'quvchilar material tanlashda va uni joylashtirishda, so 'z tanlash, so 'z birikmasi va gap tuzishda o'zlari yo'l qo'ygan kam chilikni, xatoni fahm lashga o'rgatib boriladi. O 'qituvchidan o'qu vch in i navbatdagi inshoga tayyorlashda shu m ashqning pedagogik m aqsadini, o'quvchilarni nim aga o'rgatishni, tafakkuri va nutqini qanday boyitishni, shuningdek, mashqlar izchil- ligida shu inshoning tutgan o'rnini aniq ko'z oldiga keltirish talab etiladi. Shuning u ch u n o'qu vch ilam ing bog'lanishli nutqini o'stirishga oid m ashq turlarining bir yillik rejasini tuzib olish tavsiya etiladi. Rejada o'quvchilar yoshiga m os bayon va inshoning barcha turlari hisobga olinishi zarur.