Sintezlanayotgan DNK molekulasining to„liq qismini yetakchi, ikkinchisi esa Okazaki
fragmentlaridan tashkil topgan zanjirni “orqada qoluvchi” deb ataladi. Bunday qisqa
fragmentlarning sintezi RNK-zatravka ishtirokida davom etadi. Mazkur DNK sintezini uzilgan
yoki yarim uzilgan replikatsiya deb ataladi. Ma‟lum vaqtdan so„ng, RNK-zatravkalar
(praymerlar) ajraladi. Bo„sh qismlar DNK-polimeraza fermentlari orqali nukleotidlar bilan
to„ldiriladi, kichik fragmentlar esa, DNK ligaza fermentlari orqali “orqada qoluvchi” zanjirlar
o„zaro choklanadi. Shunday qilib, nukleotidlar orasidagi fosfodiefir bog„lari DNK ligaza
fermentlari orqali shakllanadi.
Nativ DNK bispiral holatda bo„ladi. Komplementar holatda o„z-o„zidan ko„payish uchun
qo„sh spiral ikkiga ajralishi lozim. DNKning ikki zanjirga yechilishi muayyan qismlardan
boshlanadi. Qo„sh zanjirni bir-biridan ajratishda ferment xelikaza - DNKga bog„liq ATF-aza
bajaradi. Energiyani esa, ATFni gidroliz qilinishidan foydalanadi. Xelikaza fermenti doira
shaklidagi oltita subbirlikdan tashkil topgan struktura. Mazkur ferment harakatda bo„lib, ATF
ishtirokida DNKni replikativ ayriga ajratib boradi.
Bir zanjirli DNK molekulasi uzunasi bo„ylab SSB-oqsillari (Single Strend Proteins) bilan
bog„langan holda bo„ladi. E.colining SSB-oqsili tetramerli (molekula massasi 88000 Da), yuqori
darajadagi asimmetrik molekula bo„lib, tarkibida dikarbon aminokislotalari ko„p uchraydi. Oqsil
bir zanjirili DNK molekulasi bilan kooperativ holda bog„lanadi. Xelikaza fermenti orqali qo„sh
zanjirli DNKdan bir zanjirli molekulalarni hosil bo„lishida SSB-oqsillari polinukleotid zanjirlarni
stabillashtirib, molekulada hosil bo„lishi mumkin bo„lgan DNKning ikkilamchi strukturasini
shakllanishiga yo„l qo„ymaydi. SSB-oqsillari DNK-polimeraza fermentini faollantirib, uning ish
faoliyatini aniqlashtiradi. Eukariotlarda bunday oqsillarga yadrodagi replikativ xususiyatli
proteinlar kirib, ularni A (RrA) belgi bilan belgilanadi.
DNK molekulasida avtonomli replikatsiya xususiyatiga ega bo„lgan qismlar bo„lib, bu
bo„lakni replikon deb ataladi. Replikon DNKning o„z-o„zidan ko„payishi uchun kerakli genlarni
tutib, regulyatorlik xususiyatiga ham ega. DNKdagi replikon qismdan replikatsiya boshlansa shu
joyni replikator deb ataladi.
Eukariot hujayralarda replikatsiyaning boshlanishi DNKning ko„p nuqtalarida bo„lib,
ularning masofasi taxminan 20 ming nukleotid qoldig„idan iborat. Eukariot xromosomalar
polireplikonli tuzilishga ega. Replikatsiyaning initsiatsiyasi ma‟lum nuqtadan ikki tomonlama
harakat qilib, qo„shni replikativ ayrilar bir-birlari bilan qo„shilguncha davom etadi. To„liq
shakllangan xromosoma kichik sintezlangan DNK zanjirlarining o„zaro qo„shilishidan
shakllanadi.
Dostları ilə paylaş: