Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences (E)issn: 2181-1784



Yüklə 46,67 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/5
tarix07.01.2024
ölçüsü46,67 Kb.
#208652
1   2   3   4   5
yuz-jag-jarrohligidagi-kasalliklar

Oriental Renaissance: Innovative, 
educational, natural and social sciences
(E)ISSN:2181-1784 
www.oriens.uz 
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7 
3(4/2), April, 2023 
519 
chiqadigan suyak usti pardasining yallig‘lanishidir[4]. Ko‘pincha u alveola o‘sig‘ida, 
ba’zi hollarda jag‘ tanasi sohasida kuzatiladi. O’tkir yiringli periostit keskin kechadi 
va kun sayin yallig‘lanish kuchayib boradi. Bemoming umumiy ahvoli qoniqarli 
bo‘lib, tana harorati 37,5° - 38°C atrofida bo‘ladi. Bemor holsizlanadi, boshi og‘riydi, 
ishtahasi yomonlashadi, uyqusi buziladi. Sababi, tish atrofidagi og‘riqlar zo‘rayadi, 
og‘riqlar chakka, quloq, bo‘yinga uzatiladi, keyinchalik og‘riqlar susayib, 
simmilovchi tus oladi. Suyak pardasida xastalik rivojlangan sari jag‘oldi yumshoq 
to‘qimalarida shish paydo bo‘ladi.
Bir necha tish atrofidagi shilliq parda qizarib, o‘tuv burma tekislashgan holga 
keladi. Shu sohani paypaslab ko‘rilganda, og‘riqli infiltrat va flyukturizatsiya belgisi 
aniqlanadi. Faqat kasal tish qimirlab qolgan bo‘lib, perkussiyada og‘riq seziladi. 
Bemoming yuz qismida kollateral shish hisobiga paydo bo‘lgan assimetriya holati 
aniqlanadi. Limfa tugunlarining kattalashishi kuzatilib, paypaslanganda og‘riydi. 
Rentgen tekshiruvi o‘tkazilganda, faqat kasal tishgagina xos bo‘lgan o‘zgarishlar 
aniqlanib, jag‘ suyagida o‘zgarishlar kuzatilmaydi.
O’tkir yiringli periostitni davolash kompleks tarzda olib boriladi. Ya’ni, 
jarrohlik va konservativ usul yordamida. Jarrohlik usulining asosiy maqsadi, yiringli 
o‘choqni kesib ochish va sababchi kasal shishni olib tashlashdan iborat. Buning 
uchun mahalliy og‘riqsizlantirishning infintratsiya va o‘tkazuvchi usulidan 
foydalaniladi. Kesma o‘tuvchi burma shilliq qavati bo‘ylab suyakkacha chuqurlikda 
o‘tkaziladi. Kesmaning uzunligi 3-5 tish sohasida 1,5-2,5 sm uzunligida bo‘lishi 
lozim. Yiringning erkin chiqishini ta’minlash uchun bo‘shliq ichiga rezinali lentacha 
(dranaj) kirgazib qo‘yiladi. Sababchi kasal tish olib tashlanadi.
Agar sababchi kasal tish funksional va kosmetik jihatdan o‘z qiymatini 
yo‘qotmagan, ildiz kanali yaxshi o‘tuvchi bo‘lsa, saqlab qolinib, uni konservativ 
davolanadi. Jag‘laming odontogen osteomiyelitlari - bu jag‘laming suyak 
to‘qimasidan, tish kasalliklarining asorati sifatida yuzaga keluvchi, infeksiyali, 
yiringli - nekrozlanuvchi yallig‘lanish jarayonidir. Bu kasallikdagi yallig‘lanish 
jarayoni faqat suyak to‘qimalarini emas, balki uning ichidagi ko‘migini, suyak 
pardasini va atrofdagi yumshoq to‘qimalami ham o‘z ichiga oladi. 

Yüklə 46,67 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin