«Формы» (Shakllar)
— bu ob’yekt ma’lumotlarni tartibli ravishda oson
kiritish yoki kiritilganlarni ko‘rib chiqish imkonini beradi. Shakl tuzilishi bir
qancha matnli maydonlar, tugmalardan iborat bo‘lishi mumkin.
4.
«Oтчёты» (Hisobotlar)
— bu ob’yekt yordamida saralangan ma’lumotlar
qulay va ko‘rgazmali ravishda qog‘ozga chop etiladi.
5.
«Mакросы» (Makroslar)
— makrobuyruqlardan iborat ob’yekt. Murakkab
va tez-tez murojaat qilinadigan amallarni bitta makrosga guruhlab, unga ajratilgan
tugmacha belgilanadi va ana shu amallarni bajarish o‘rniga ushbu tugmacha
bosiladi. Bunda amallar bajarish tezligi oshadi.
3.
«Moдули» (Modullar)
— MS Access dasturining imkoniyatini oshirish
maqsadida ichki Visual Basic tilida yozilgan dasturlarni o‘z ichiga oluvchi ob’yekt.
Bundan tashqari,
«Страницы» (Sahifalar) nomli alohida ob’yekt ham
mavjud. Bu ob’yekt HTML kodida bajarilgan, Web-sahifada joylashtiriladigan va
tarmoq orqali mijozga uzatiladigan alohida ob’yektdir.
MS Accessda ma’lumotlar bazasini yaratish Biror ma’lumotlar bazasini loyihalash va yaratish uchun MS Access dasturini
ishga tushirish kerak. Buning uchun Ishchi stolning masalalar panelidagi
«Пуск» tugmachasi ustiga sichqoncha ko‘rsatkichini olib borib chap tugmachasini bosamiz
va
«Программы» bo‘limiga o‘tib,
MS Access qismini tanlab olamiz (3.2.3-rasm).
3.2.3-rasm. MS Access dasturiga kirirsh.
Dastur ishga tushgandan keyin ekranda quyidagi oyna paydo bo‘ladi (3.2.4-
rasm):
3.2.4-rasm. MS Access dasturi dastlabki oynasi.
MBning dastlabki oynasida yuqorida sanab o‘tilgan