3 mavzu Mutaxassislik masalalarida axborot texnologiyalarini qo‘llash
ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimlari (MBBТ) deb ataladi.
MBBТ – MBni yaratish, uni dolzarb holatda ushlab turish, kerakli axborotni
topishni tashkil etish va boshqa vazifalarni bajarish uchun zarur bo‘ladigan
dasturiy vositalar majmuasidir.
MBBТ misoli sifatida quyidagilarni keltirish mumkin:
DBASE;
Microsoft Access;
Microsoft FoxPro for Windows;
Paradox for Windows.
MB bilan ishlashga kirishishdan oldin ma’lumotlarni tasvirlash modelini
tanlab olish kerak. U quyidagi talablarga javob berishi lozim:
ma’lumotlarni ko‘rgazmali tasvirlash;
ma’lumotlarni kiritishda soddalik;
ma’lumotlarni izlash va tanlashda qulaylik;
boshqa bazaga kiritilgan ma’lumotlardan foydalanish
imkoniyatining mavjudligi;
MBning ochiqligini ta’minlash (yangi ma’lumotlar
qo’shish, ularni olib tashlash imkoniyatlari va hokazo).
MB bitta yoki bir nechta modellarga asoslangan bo‘lishi mumkin. MB
modellarining uchta asosiy turlari mavjud:
relyatsion, iyerarxik va
semantik tarmoq .
Relyatsion (lotin tilidagi
relatio — munosabat, bog’lanish so‘zidan olingan)
modelda ma’lumotlarni saqlash uni tashkil etuvchi qismlari orasidagi
munosabatlarga asoslangan. Eng sodda holda u ikki o‘lchovli massiv yoki
jadvaldan iborat bo‘ladi. Murakkab axborot modellari ana shunday jadvallarning
o‘zaro bog‘langan to‘plamidan iborat.
MBning
iyerarxik modeli pastki pog‘onadagi yuqori pog‘onadagiga
bo‘ysunish tartibida joylashgan elementlar to‘plamidan iborat bo‘ladi va
ag‘darilgan daraxt (graf)ni tashkil etadi. Ushbu model
daraja, tugun, bog’lanish kabi parametrlar bilan tavsiflanadi. Uning ishlash tamoyili shundayki, quyi
darajadagi bir nechta tugunlar bog‘lanish yordamida yuqoriroq darajadagi faqat
bitta tugun bilan bog‘langan bo‘ladi. Тugun – iyerarxiyaning berilgan darajasida
joylashgan elementining axborot modelidir.
MBning
semantik tarmoq modeli iyerarxik modelga o‘xshashdir. U ham
tugun, daraja, bog‘lanish kabi asosiy parametrlarga ega. Lekin semantik tarmoq
modelida turli darajadagi elementlar orasida «erkin», ya’ni «har biri hamma bilan»
ma’noli bog‘lanish qabul qilingan.
Ko‘pchilik MBlari jadval tuzilmasiga ega. Unda ma’lumotlar adresi satr va
ustunlar kesishmasi bilan aniqlanadi. MBda ustunlar –