26
1. Yaxshilangan unumdorlik (throughput) – ma’lumki, masalan
yechish algoritmini parallellashtirish uni yechishga ketadigan vaqtni
kamaytirishga imkon berishi mumkin;
2. Tejamkorlik – parallel OTda ishning qismini boshqa
protsessor yoki yadroga berish mumkin;
3. Oshirilgan ishonchlilik – protsessorlardan biri ishdan
chiqqanda OT hisoblashlarni boshqa protsessorga o‘tkazishi mumkin;
4. Foydalanuvchiga “do‘stona” unumdorlikni kamaytirish
(graceful degradation) – agar protsessorlardan biri ishdan chiqsa va
konfiguratsiyadan chiqarilgan bo‘lsa, foydalanuvchi kompyuter va
OTni to‘g‘ri tashkil etishda hisoblashlarning sekinlashishini
sezmasligi mumkin.
5. Xatoliklarga barqarorlik (fail-soft system) – qurilma va
dasturdagi xatoliklarda ko‘p protsessorli tizimning barqaror ishlashi.
Very Long Instruction Word (VLIW) va Explicit Parallelism
Instruction
Computer
(EPIC)
arxitekturalardagi
parallel
kompyuterlarda hisoblashlarni parallellashtirish buyruqlar darajasida
bo‘lib o‘tadi.
Ko‘p yadroli (multi-core) kompyuterlar – assotsiativ xotirani
(keshni) taqsimlaydigan va umumiy xotirada ishlaydigan bitta
kristallda joylashgan bir-birlari bilan uzviy bog‘langan protsessorlarga
(yadrolarga) asoslangan kompyuter tizimlari hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: