398
mobil operatsion tizimlari orasida yetakchilardan bo‘lgan), Symbian
(2004-2010yillargacha birinchi o‘rinlarda yurgan), iOS (2007yil) va
Android (2008yil) operatsion tizimlari ishlab chiqarilgandan so‘ng,
Symbian operatsion tizimi o‘z o‘rnini sekin astalik bilan ushbu
operatsion tizimlarga bo‘shatib berdi. 2011yilning uchunchi choragida
katta yetakchilik bilan Android operatsion tizimi boshqa mobil
qurilmalarning operatsion tizimlarini ortda qoldirdi (50% ni tashkil
qildi). 2013yilga kelib bu ko‘rsatgich 80% ni tashkil qildi, va bu
yetakchilik hozirgi kungacha saqlanib kelmoqda. Biz yuqorida mobil
operatsion tizimlar bozorida o‘z o‘rnini egallagan mobil qurilmalar
haqida gaplashdik, bulardan tashqari yana ko‘plab mobil operatsion
tizimlarni keltirish mumkin.
Smartfon yoki planshet universal kompyuterlardir. Ular fayl
tizimi, xotira, operatsion tizim va dasturlarga ega. Operatsion tizim
zararli dasturlardan himoyasiz. Ba’zi platformalar boshqalarga
qaraganda zaifroq, ammo har bir platforma zararli dasturlarning
hujumlariga duch kelishi mumkin. Mobil qurilma va noutbuk yoki ish
stoli
tizimi
o‘rtasidagi farq ma’lumotlar va interfeyslarni
boshqarishdan iborat. Bu qurilmadagi ma’lumotlarga kirishni
qiyinlashtiradi. Yaxshiyamki, ushbu ma’lumotlarni olish usullari
mavjud. Biz turli xil mobil operatsion tizimlar haqida gaplashayotgan
bo‘lsakda, bu yerda asosiy maqsad ular haqida batafsil gaplashish
emas. Biz ushbu mobil operatsion tizimlar nima, qanday tuzilganligi
va ulardan ma’lumotlarni olishning ba’zi usullari haqida gaplashamiz.
Eng muhimi shundaki, ushbu tizimlar mobil bo‘lmagan tizim bilan
qanday o‘zaro bog‘liq. Barcha smartfonlarda operativ xotira va
doimiy xotira (saqlash) qurilmalari mavjud. Xotira energiyaga
bog‘liqdir, ya’ni tizim o‘chirilishi bilan uning tarkibi o‘chib ketadi.
Xotira qisqa ma’lumotlarning joylashuvini nazarda tutsada, saqlash
qurilmasi bu sizning kompyuteringizning komponentidir, bu sizga
uzoq muddat ma’lumotlarni saqlash va kirishga imkon beradi. Ushbu
xotira qurilmasi flesh xotira deb ataladi.
Dostları ilə paylaş: