399
ishlatiladi.
Ikkala
yo‘nalishda
ham
bir
xil
kalitdan
foydalanayotganingiz uchun, uni xavfsiz saqlash juda muhimdir.
Kalitlarni saqlash va boshqarish har qanday shifrlash sxemasining
muhim qismidir. Kalitni himoya qilish uchun har bir qurilma turli xil
vositalardan foydalanadi, ammo foydalanuvchidan parolni talab
qilmasdan shifrlash odatiy hol emas.
Agar qurilmadan foydalanish
uchun autentifikatsiyadan o‘tishingiz talab qilinmasa, qurilmadagi
ma’lumotlarni shifrlashning ahamiyati bo‘lmaydi, chunki har kim
xohlagan vaqtda telefonni ko‘tarib undan foydalanishi mumkin.
Android operatsion tizimi
Ushbu tizimning eng o‘ziga xos xususiyatlaridan biri - unda
o‘zlashtirish imkoniyatlari miqdoridir. Bu qulaylik
telefonning butun
telefonning barcha qismi, o‘rnatilgan fon, vidjetlar va ikonkalarni o‘z
ichiga oladi. Android Google Play yoki nashr qiluvchining o‘zidan
bevosita yuklab olinadigan, bir milliondan oshiq turli ilovalarga ega.
Agar siz aynan o‘zingizga moslashtirilgan mobil xizmatini istasangiz,
Android eng yuqori tanlovdir.
Android
— Linux yadrosida yaratilgan portativ (tizimli)
operatsion tizim bo‘lib, kommunikatorlar, planshetli kompyuterlar,
elekron kitoblar,
raqamli pleerlar, qo‘l soatlari, netbuklar va
smartbuklarda ishlatiladi. Google tomonidan sotib olingan Android
Inc. kompaniyasi tomonidan yaratilgan.Keyinchalik Google
tizim
rivojlanishi bilan shug‘ullanadigan Open Handset Alliance (OHA)
ittifoqini tuzdi.Android yordamida Java dasturlarni tuzish mumkin.
Android Native Development KitSida va
boshqa tillarda yoziladigan
dasturlarni yaratadi. Android ochiq kodli operatsion tizim hisoblanadi.
400
9.20- rasm. Android operatsion tizimi logotipi va undagi xizmatlar
U dastlab 2003yilda Android kompaniyasi tomonidan ishlab
chiqilgan. Ikki yil o‘tib 2005yilning iyulida Google korporatsiyasi
Android Inc. kompaniyasini sotib oldi. 2007yilning 5noyabrida
Google Open Handset Alliance tuzilganligini e’lon qilib, birinchi
ochiq mobil Android tizimini namoyish etdi. Android – Google ga
tegishli mobil operatsion platformadir.
2008yilning
23sentabrida
operatsion
tizimning
birinchi
versiyasini namoyish etdi. Birinchi versiya chiqqanidan so‘ng tizim
bir necha marta yangilandi. Bu yangilashlar tizimda aniqlangan
xatolarni tuzatib, yangi funksiyalar qo‘shdi.
2009yilda platformaning to‘rtta yangilanishlari chiqdi. Shunday
qilib, fevralda turli xatolarni tuzatadigan 1.1 versiyasi chiqdi. Aprel va
sentabrda mos ravishda 1.5 „Supsace“ va 1.6 „Donut“ updatelari
chiqdi. „Supsake“ versiyasi bir qancha o‘zgartirishlar kiritdi: virtual
klaviatura,
video yozish va tomosha qilish, brauzer va boshqalar.
„Donut“da birinchi martaCDMA tizimlarini qo‘llash paydo bo‘ldi.
2009yilning oktabrida bir nechta Google akkauntlarini, HTML5
tilidagi brauzerni qo‘llaydigan va bir nechta yangiliklar kiritilgan
Android 2.0 „Eclair“ operatsion tizimi chiqdi. „Eclair“ (2.1)
versiyasida „tirik rasmlar“ paydo bo‘ldi va ekran blokirovkasinining
ko‘rinishi o‘zgardi.
2010yilning o‘rtasida Google Android 2.2 „Froyo“ versiyasi
chiqdi. 2010yilning ohirida esa Android 2.3 „Gingerbread“ namoyish
etildi. Bu updatelar an’anaviy blokirovkani
raqamli yoki xarf-
raqamliga o‘zgartirdi, „Kesish, nusxa ko‘chirish“, qayta qo‘yish
funksiyalarini soddalashtirdi va hokazo. 2011yilning 22fevralida
Android 3.0 „Honeycomb“ namoyish etildi. Uning asosiy yangiligi
planshetga moslashtirilgani edi. 2011yilning 19oktabrida chiqqan
Android 4.0 „Ice Cream Sandwich“ — birinchi universal tizim (ham
planshetlarga, ham smartfonlarga moslashtirilgan) chiqdi. 2012yilda
tizimning yangi versiyasi — „Jelly Bean“ chiqdi. U iyunda 4.1 raqami
ostida namoyish etilib, oktabr ohirida yangi update chiqqach 4.2 ga
o‘zgardi.
Android ostida ishlaydigan birinchi moslama 2008 yilning 23
sentabrida HTC kompaniyasining HTC Dream smartfoni (T-Mobile
aloqa operatori tomonidan T-Mobile G1 nomi ostida namoyish
401
etilgan) bo‘ldi. Tezda boshqa smartfon
ishlab chiqaruvchilari
tomonidan Android OT ostida moslamalar chiqarish so‘rovlari paydo
bo‘ldi. Androidning planshetlarga moslashtirilgan 3- versiyasi
(Honeysomb) chiqqach planshet ishlab chiqaruvchilariga ham
Android yoqib qoldi.
9.21- rasm. HTC Dream (T-Mobile G1) — Android OT ostidagi
birinchi smartfon
402
9.22- rasm. Android 10 OTning ishchi stoli
Google kompaniyasi ham boshqa ishlab chiqaruvchilar bilan
hamkorlikda o‘zining “Google Nexus” moslamalarini Android OT
ostida chiqara boshladi. Aynan shu moslamalar birinchi bo‘lib
yangi
versiyalarda chiqadi.
Smartfonlar va planshetlardan tashqari Android AT boshqa
moslamalarga ham o‘rnatiladi. Masalan, 2009yilda sotuvga Androidda
ishlovchi fotoramka sotuvga chiqdi. 2011yilda Blue Sky kompaniyasi
Android OT ostidagi “aqlli” iWatch soatlarini chiqardi. 2012yil
avgustda Nikon dunyodagi birinchi Androidda ishlovchi fotokamerani
namoyish etdi. “Google Nexus” seriyasida smartfon va planshetlardan
tashqari Android ostidagi Nexus mediapleeri mavjud. Shu bilan birga
Android rusumidagi televizorlar ham mavjuddir.
2012yil oktabrda Google boshqaruvchi direktori Larri Peyj
Android ostidagi moslamalar soni 500 mln.dan ortgani va har kuni 1,3
mln.ga ko‘payayotgani haqida xabar berdi.
Dostları ilə paylaş: