miqdorli qiymatlarning almashuvi ro’y beradi, tovarlarning
qiymati bozorga
kirmasdan oldin mavjud bo’ladi. F.Kenening ta’limotida sof mahsulot nazariyasi
markaziy o’rin egallaydi. Uning fikricha, yal’i ijtimoiy mahsulot va ishlab chiqarish
harajatlari o’rtasidagi farq sof mahsulot hisoblangan. Uning ta’limotida sof mahsulot
bilan qo’shimcha qiymatni chalkashtirish, ya’ni ikkalasini
aynan bir narsa deb
tushunadi. U qo’shimcha qiymat dehqonlarning qo’shimcha mehnati samarasi
sifatida yuzaga keladi deb izohlaydi, ayrim joylarda esa qo’shimcha
qiymatni
tabiatning sof hadyasi deb qarab, uni yaratishda tabiat ham ishtirok etadi deb
tushuntiradi.
4
Bu erda u o’zi bilmagan holda qiymat bilan naflilik(iste’mol
qiymat)ning farqiga bora olmaganligini ifoda etadi. F.Kene ta’limotini A.Tyurgo,
Dyu’on de Nemur va boshqalar davom ettirdi. Fiziokratlarning ta’limoti bo’yicha
qishloq xo’jaligida band bo’lgan mehnat birdan-bir unumli mehnat deb hisoblanib,
boshqa sohalardagi mehnat esa unumsiz mehnat deb hisoblangan.
Dostları ilə paylaş: