Sharq mamlakatlari iqtisodiyoti, siyosati va turizm fakulteti



Yüklə 263,28 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/19
tarix07.01.2024
ölçüsü263,28 Kb.
#209079
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
Dialektika 
ilmiy bilishning umumiy usuli bo‘lib xizmat qiladi. Uning 
iqtisodiyot nazariyasi fanida qo‘llaniladigan asosiy qoidalari quyidagilar:
-
iqtisodiyot bir-biri bilan aloqada, chambarchas bog‘liqlikda, ziddiyatda 
bo‘lgan o‘zaro ta’sir qilib turadigan turli bo‘g‘inlardan, bo‘laklardan iborat yaxlit 
bir organizm deb hisoblanadi;
-
iqtisodiy hodisa va jarayonlarning kelib chiqishi, amal qilishi va 
barham topishi, uning sabablari va oqibatlari ichki aloqadorlik va bog‘liqlik 
tomonlarini zamon va makonda ro‘y berishi tan olinadi;
-
iqtisodiy jarayonlarni oddiydan murakkablikka, quyidan yuqoriga 
rivojlanishida deb qaraladi. Bu erda son jihatidan o‘zgarishlar to‘plana borib, sifat 
jihatidan o‘zgarishga olib kelishi hisobga olinadi.
Iqtisodiyot nazariyasi fanining o‘ziga xos tadqiqot usullari ham mavjud. 
Ulardan eng asosiylari quyidagilar:
Ilmiy abstraksiya usuli 
- voqea hodisalarning
 
tahlil paytida xalal berishi 
mumkin bo‘lgan ikkinchi darajali belgilari e’tibordan chetlashtirilib, 
o‘rganilayotgan jarayonning asl mohiyatiga tegishli belgilarga e’tiborni qaratishdir.
Tahlil va sintez usuli. Tahlil — bu o‘rganilayotgan bir butunni alohida 
qismlarga ajratib ularning xususiyatini ochib berishdir. U ikki darajada amalga 
oshiriladi.
 


Mikroiqtisodiy tahlilda iqtisodiyotning boshlang‘ich bo‘g‘ini bo‘lmish korxona va 
boshqa iqtisodiy sub’ektlarning yuqori pirovard natijaga erishishga qaratilgan 
xattiharakati, xulqi tadqiq qilinadi.
Makroiqtisodiy tahlilda
 
milliy iqtisodiyotning holati, faoliyat qilishi va 
natijalari tadqiqot qilinadi. Iqtisodiy resurslarni to‘liq 
band 
qilish, 
inflyasiyani 
jilovlash 
va 
iqtisodiy 
muvozanatlikni ta’minlash orqali iqtisodiy o‘sishga 
erishish muammolari bu tahlil obyektdir. Qisqacha 
aytganda, makro-iqtisodiy tahlilda milliy xo‘jalik, uning 
alohida sektorlari (davlat, kooperativ, xususiy) va jahon 
xo‘jaligi o‘rganiladi.
Sintez – bu hodisa va jarayonlarning umumiy ta’siri asosida umumiy 
xulosalar chiqarishdir.

Yüklə 263,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin