Sharq mamlakatlari iqtisodiyoti, siyosati va turizm fakulteti



Yüklə 263,28 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/19
tarix07.01.2024
ölçüsü263,28 Kb.
#209079
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
Ehtiyojlar turlari. 
Ehtiyojlar nihoyatda turli tuman bo‘lib, ularni turkum-
lashga turli jihatdan yondashish mumkin. Ko‘pgina iqtisodchilar u yoki bu 
xususiyatlariga ko‘ra ehtiyojlarni turli guruhlarga ajratib tushuntirishga harakat 
qilishgan. Ular, ehtiyojlarni absolyut va nisbiy, minimal va maksimal darajadagi 
qondirilishi zarur va qondirilishi kechiktirsa bo‘ladigan, bevosita va bilvosita 


qondiriladigan joriy va kelajakda qondiriladigan ehtiyojlarga ajratadi. Ayrim 
adabiyotlarda birlamchi – eng zarur ehtiyojlar, ikkilamchi – qondirilishi kechiktirsa 
bo‘ladigan ikkinchi darajadagi ehtiyojlar mavjudligi qayd qilinadi. Birlamchi 
ehtiyojlarga insonning eng zarur bo‘lgan oziq-ovqat, kiyim-kechak va boshqa 
kabilarga bo‘lgan ehtiyojlarini, ikkilamchi ehtiyojlarga ular ma’naviy, intellektual 
faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan bilim olish, san’at, turli ko‘ngil ochar tadbirlarga 
qatnashishga bo‘lgan ehtiyojlarini kiritish mumkin. Lekin bunday ajratish shartli. 
Ular har-bir inson uchun individual bo‘lib, bir inson uchun kiyim-kechak, turar joy 
birlamchi bo‘lsa, boshqasi uchun hayotiy yashash vositalari ahamiyatli. Birov uchun 
kiyim-kechakdan ko‘ra bilim olish zarurroq, boshqasi uchun aksincha, yoki bir kishi 
uchun ma’naviy ehtiyojga xoxish bo‘lsa, boshqasi uchun kundalik ehtiyoj birlamchi 
bo‘lish, yoki ma’lum vaqt o‘tgach ular oddiy ehtiyojlarga aylanishi ham mumkin.
Inson ehtiyojlariga turli jihatdan yondoshib, uni har xil guruhlarga ajratish 
mumkin:
1. Ehtiyojlar sub’ektlariga ko‘ra: individual, jamoa va umumjamiyat 
ehtiyojlariga bo‘linadi.
a)
Individual ehtiyoj har bir insonning ehtiyojini ifodalaydi. U fiziologik 
ehtiyojlar, o‘zining har tomonlama kamol topishiga bo‘lgan ehtiyojlar va boshqa shu 
kabilarni o‘z ichiga oladi.
b)
Guruhiy ehtiyoj – bu oilaviy yoki kishilarning biron maqsadda
birlashgan guruhlari (mehnat jamoasi, turli uyushmalar) ehtiyojlari bo‘lib, 
birgalikda yashash, faoliyat yuritish jarayonida vujudga keladigan umumiy 
ehtiyojlardir.
v) Umumjamiyat ehtiyoji – bu mamlakat miqyosida, insonlarning bir butun 
bo‘lib tarkib topgan ehtiyojlaridir. U o‘z ichiga birinchidan, barcha turdagi 
individual va guruhiy ehtiyojlarini olsa, ikkinchidan jamiyatni yaxlit organizm 
sifatida yashab turishi uchun zaruriy ehtiyojdir. Bularga tabiiy resurslarni asrash, 
mudofaa, jamiyatni boshqarish kabilarni kiritish mumkin. Jamiyatning ehtiyoji turli 
ijtimoiy toifa va guruhlarga mansub kishilar ehtiyojining yaxlitligi sifatida namoyon 


bo‘ladi. Tabaqalanish darajasiga qarab ehtiyojlar ham farqlanadi. 2. Ehtiyojlar 
obyektga ko‘ra moddiy, ijtimoiy-ma’naviy ehtiyojlarga bo‘linadi. Moddiy ehtiyojlar 
azaliy, ular inson paydo bo‘lishi bilan vujudga kelgan. Ular tabiiy ehtiyojdir. 
Moddiy ehtiyojlar eng zarur va hayotiy ehtiyojlardir. Oziq-ovqat, kiyim-kechak, 
turar-joylarga bo‘lgan ehtiyojlarning qondirilishi yashashning birlamchi shartidir. 
Moddiy ehtiyojlar albatta moddiy ko‘rinishga ega, masalan oziqovqat 
mahsulotlariga ehtiyoj aniq un, guruch, yog‘, go‘sht, shakar va boshqalar aynan 
shunday ko‘rinishga ega. Ijtimoiy-ma’naviy azaliy bo‘lmay jamiyat taraqqiyotining 
ma’lum bosqichida, sivilizatsion rivojlanish natijasida yuzaga keladi. Jamiyat 
rivojlanishi bilan ijtimoiy-ma’naviy ehtiyojlar tabiiy zaruratga aylanib boradi. 
Ijtimoiy-ma’naviy ehtiyojlar asosan turli xizmatlardan foydalanishga bo‘lgan 
ehtiyojlar tarzida yuzaga chiqadi. Kishilar ijtimoiy-manaviy xizmatlardan 
foydalanib, axloqiy, ma’naviy, estetik, jismoniy jihatdan tarbiyalanadi, bilim oladi, 
kasb egallaydi, har tomonlama kamol topadi.
3.
Ehtiyojlar tizimida mehnat qilish, dam olish, ish qobiliyatini tiklashga 
bo‘lgan ehtiyojlar ajratiladi.
Mehnat ehtiyoji insoning o‘zida mujassamlashgan. Mehnatsiz inson yashay 
olmaydi, chunki mehnatsiz nozu-ne’matlarni yaratib bo‘lmaydi va inson shaxsi 
kamol topa olmaydi. Mehnat ehtiyoji insonda jismoniy mehnat qilish va aqliy 
qobiliyati borligidan kelib chiqadi. Inson mehnatda o‘z o‘rnini topib va qobilyatini 
ishga solib, obro‘-e’tibor qozonishga harakat qiladi. Inson mehnat qilar ekan, albatta 
ish qobilyatini tiklash uchun dam olishi va turli ko‘ngil ochar tadbirlarda qatnashishi 
zarur.
4.
Ehtiyojlar qondirilishi jihatidan yakka tartibda va birgalikda 
qondiriladigan ehtiyojlarga bo‘linadi. Har bir inson o‘zining ehtiyojlarining bir
qismini yakka tartibda, ikkinchi qismini esa boshqalar bilan birgalikda qondiradi. 
YAkka tartibda qondiriladigan ehtiyojga yagona o‘lchov bilan yondoshib 
bo‘lmaydi. Moddiy ehtiyojlarning ko‘pchiligi odatda yakka tartibda qondiriladigan 
ehtiyojlarni tashkil etsa, ijtimoiy-ma’naviy ehtiyojlar ko‘proq birgalikda


qondiriladigan ehtiyojlardan iborat. Masalan, kiyim kiyishga bo‘lgan ehtiyoj yakka 
tartibda, bilim olishga bo‘lgan ehtiyoj birgalikda qondiriladi.
5.
Ko‘zlangan maqsadiga qarab ehtiyojlarni shaxsiy iste’mol va ishlab 
chiqarish ehtiyojlari farqlanadi. Iste’mol tovarlari va iqtisodiy resurslarga bo‘lgan 
ehtiyoj shular jumlasidandir. Birinchisi insonning bevosita ehtiyojlari bo‘lib, uning
hayot kechirishi, har tomonlama kamol topishiga qaratiladi. Ishlab chiqarish 
ehtiyojlari esa kishilar uchun bilvosita ehtiyojlar hisoblanib, uning yordamida inson 
yashashi, kamol topishi uchun zarur bo‘lgan turli ne’matlar ishlab chiqarish uchun 
zarur ishlab chiqarish vositalari unumli iste’mol qilinadi.
Qayd qilingan ehtiyojlarning barchasi bir-biri bilan bog‘liq bo‘lib, biri 
ikkinchisini taqozo qiladi hamda yagona umumjamiyat ehtiyojlari tarzida 
shakllanadi.
Jamiyatning, ya’ni uni tashkil qiluvchi kishilar va davlat ehtiyojlar o‘rtasidagi uzviy, 
to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liqlikni aks ettiradi. Ishlab chiqarish ehtiyojlarni qondirishga 
qaratiladi va uning rivojlanishi yangi ehtiyojlarni yuzaga keltiradi. Ishlab chiqarish 
baynalminal tus olishi bilan ishlab chiqarish va ehtiyoj o‘rtasidagi bog‘liqlik xalqaro 
miqyosda aks etadi. Ma’lum bir mamlakatda paydo bo‘lgan ehtiyoj boshqalariga 
tarqalib, xalqaro mazmunga ega bo‘ladi. Xalqaro aloqalar rivojlanib borgani sari 
ehtiyojlarning milliy xususiyatlari bilan bir qatorda uning millatlararo, baynalminal 
belgilari rivoj topib boradi.
Ehtiyojlar o‘zaro bir-birini taqozo qilishi sababli bir ehtiyoj o‘z orqasidan 
boshqa bir ehtiyojni keltirib chiqaradi. Masalan, kompyuter texnikasiga ehtiyojning 
paydo bo‘lishi, o‘z navbatida uni ishlatish, o‘rganish, xizmat ko‘rsatish va dastur 
tuzishga ehtiyojlarni keltirib chiqaradi.
Ehtiyojlarning o‘sib borishi bir tekis, uzluksiz bo‘lmaydi. Uning o‘sishiga 
qarshi ta’sir qiluvchi omillar ham mavjud bo‘ladi. Ishlab chiqarish holati, 
jamiyatdagi hukmron munosabatlar, favqulodda yuz beradigan hodisalar (urushlar, 
iqtisodiy tizim almashishi) va tabiiy ofatlar (zilzila, suv toshqini, yong‘in kabilar) 
ehtiyojlarning o‘sib borishiga qarshi ta’sir ko‘rsatuvchi omillardir. Shunday qilib, 


ehtiyojlarning o‘sib borishi qonuni mavjud ehtiyojlarning miqdoran o‘sib borishida, 
mutlaqo yangi ehtiyojlarning paydo bo‘lishida, muayyan ehtiyojlar doirasida turli 
ehtiyojlar nisbatining o‘zgarishida va bir ehtiyojning boshqasi bilan almashinishida 
namoyon bo‘ladi. Ehtiyojlarning o‘sib borishi, uni qondirish vositalari darajasi bilan 
chegaralanadi. Chunki ehtiyojlar cheksiz o‘sib borgan taqdirda ham uni ta’minlash 
uchun zarur bo‘ladigan iqtisodiy resurslar cheklangandir.
Kishilik jamiyati taraqqiyoti tarixiga nazar tashlansa ehtiyojlarning miqdoran 
o‘sib, tarkiban takomillashib borishi aniq nomoyon bo‘ladi. yuksalib borishini 
ko‘ramiz. Ehtiyojlarning uzluksiz o‘zgarib turishi har qanday jamiyatga xosdir. 
Qondirilgan ehtiyoj yangi ehtiyojlarni keltirib chiqarishi xalqda «Insonning ko‘zi 
tuproqqa to‘lganda to‘yadi» degan naql kelib chiqishiga sabab bo‘lgan. Hozirgi 
zamon fanida ehtiyojlar cheksiz, ular o‘sishining to‘xtashi, jamiyat hayotini 
to‘xtashini bildiradi deb e’tirof etishadi. Ehtiyoj o‘sib bormaganda ishlab 
chiqarishning taraqqiy etishiga ham zarurat bo‘lmas edi.
Ehtiyojlarning yuksalishi ikki yo‘nalishda amalga oshadi.
1.
Kishilarning ehtiyoji miqdoran o‘sib boradi. Bu bir tomondan aholi 
sonining ko‘payib borishi bilan bog‘liq bo‘lsa, ikkinchi tomondan, iste’molning 
ortishi bilan bog‘liq.
2.
Ehtiyojlar tarkibi o‘zgarib, yangilanib va ko‘payib boradi. Ayrim 
ehtiyojlar yo‘qolib, o‘rniga yangisi keladi. Ishlab chiqarishning o‘zi ehtiyojlarning 
o‘sishiga va tarkibining o‘zgarishiga katta ta’sir ko‘rsatadi.
Shuning uchun ehtiyojlar borgan sari tarkiban yangilanib, ko‘payib sifat 
jihatdan o‘zgarib boradi. Ishlab chiqarish ta’sirida mutloqo yangi ehtiyojlar vujudga 
keladi va ayni vaqtda eskilari yo‘qolib boradi.
Chunki,
 
ishlab chiqarish orqaligina turli ne’matlar yaratiladi va muayyan 
ehtiyojlarni qondirishga imkonyat ham vujudga keladi. Mavjud ehtiyojning 
qondirilishi o‘z navbatida yangi ehtiyojlarni vujudga keltiradi. Masalan, avtomobil 
sotib olib ehtiyojning qondirilishi o‘z navbatida qator yangi ehtiyojlarni keltirib 


chiqaradi: mashina turadigan joyga, yonilg‘i, ehtiyot qism, sug‘urta qildirish, 
soliqlar to‘lash va hokazolarga ehtiyojlar shular jumlasidandir.
Fan-texnika taraqqiyotining tezlashuvi, aholi turmush tarzi o‘zgarishi ham 
ehtiyojlarni tubdan o‘zgartiradi. Yangi ixtirolarni ommaviy ishlab chiqarish o‘z 
navbatida ularga xos ehtiyojlarni vujudga keltiradi. Masalan, kir yuvish mashinasi, 
videomagnitafon va boshqalarga ehtiyoj.
2.2 Iqtisodiy qonunlar va kategoriyalarni ilmiy bilishning uslublari 


Uslubiyat — bu ilmiy bilishning tamoyillari tizimi, yo‘llari, qonun – qoidalari, 
usullari va aniq tartiblaridir. Bu obyektv voqeylikni bilish dialektikasi, mantiqi va 
nazariyasini o‘z ichiga oluvchi bir butun ta’limotdir. Uslubiyat umumiy tavsifga ega, 
lekin har bir fan o‘zining predmetidan kelib chiqib, ilmiy bilish usullariga ega 
bo‘ladi.
“Usul” grekchadan so‘zma – so‘z tarjima qilinganda “tadqiqot” tushunchasini 
anglatib, ilmiy bilishning aniq hodisalarini bildiradi.

Yüklə 263,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin