iqtisodiy tizim ichida sodir bo’ladigan sabab va oqibatni anglash vositalaridir.
Yaxshi nazariyalar o’z navbatida kengroq tushunishga va to’g’ri baholashga yordam
beradi. Ular haridor va ishlab chiqaruvchi orasidagi munosabatlarga bog’liq
faktlarga tayanadi.
Ehtiyojlarning cheksizligi. Ehtiyojlarning yuksalib borish qonuni
Ishlab chiqarishning pirovard maqsadi iste’mol ya’ni ehtiyojni qondirish
hisoblanadi.
Insonning yashashi va kamol topishi, jamiyatning
rivojlanishi uchun kerak
bo‘lgan hayotiy vositalar va iqtisodiy resurslarga bo‘lgan zaruriyat «ehtiyoj» deb
ataladi.
Jamiyat ehtiyojlari kishilar ya’ni jamiyat a’zolari, korxonalar va davlat
ehtiyojlarining birligidan iborat. Ehtiyojlarning bu barcha turlari uchun umumiy
bo‘lgan xususiyat - ular cheksiz va chegarasizdir. Jamiyat ehtiyojlarida
kishilarning
ehtiyojlari asosiy va belgilovchi rol o‘ynaydi. Kishilarning barcha hayotiy
ehtiyojlari
(iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy, ma’naviy, siyosiy ehtiyojlar)
orasida ijtimoiy-
iqtisodiy ehtiyojlar alohida o‘rin tutadi.
Dostları ilə paylaş: