Irsiy kasalliklaming juda og‘ir kechishi ko‘pincha o ‘limga olib
kelishi ulaming ko‘pchiligi uchun samarali davolash usulining
yo‘qligi, nasldan-naslga o‘tishi tufayli profilaktika choralarini ishlab
chiqish muammosi juda katta ahamiyatga egadir.
Profilaktika - bu irsiy kasallikning hosil bo‘lishi va rivojlani-
shini oldini olish choralarini o‘zida mujassamlashtirgan tadbirlar
yig‘indisidir. Hozirda irsiy kasalliklaming asosiy to‘rtta profilaktika
turidan keng foydalaniladi.
Birlamchi profilaktika turi
- y a’ni oilalami rejalashtirishga
asoslangan. Oilani rejalashtirish uchta asosiy yo‘nalish bo‘yicha
olib boriladi:
a) optimal reproduktiv yosh (bola tug‘ish yoshi) 21-35 yoshgacha-
dir. Bu yoshdan oldin yoki keyin bola tug‘ish irsiy patologiyali bo-
lalaming tug‘ilish ehtimolini oshiradi;
b) oilada irsiy kasallik belgisi bo‘lib, u yuqori darajada genetik
xatarga ega bo‘lsa va shu kasallikning prenatal diagnostikasi yaxshi
yo‘lga qo‘yilmagan bo‘lsa, farzand ko‘rmaslikka maslahat beriladi;
d)
geterozigota kasallik tashuvchilaming o‘zaro nikoh qurishlari
irsiy patologik xatari yuqori bo‘lganda bola ko‘rish mumkin emas-
ligini aholiga tushuntirish lozim. Qarindosh-urug‘lar orasida nikoh
qurishni kamaytirish irsiy kasalliklaming oldini olishning eng zarur
choralaridan biridir.
Ikkilamchi profilaktika turi -
atrof-muhitni muhofaza qilish, ya’ni
sanitariya-gigiyena normativlarini ishlab chiqish, ularni bajarishni
ta’minlash, insonning yashash muhitida mutagen omillami kamay-
tirishga qaratilgan. Inson yashash muhitida mutagen omillami, ya’ni
mutatsiya sabab bo‘luvchi dori-darmonlar, rengen nurlari va radio,
magnit to‘lqinlari, ovqatga qo‘shiladigan kimyoviy moddalar, nitrit-
lar va boshqa moddalami qo‘llashga yo‘l qo‘ymaslik lozim.
Dostları ilə paylaş: