vorida, mitral klapan (prolaps)larda anomaliyalar (defektlar) uchraydi.
Ayrim hollarda esa gipertelorizm holati, katta ko‘krak muskullarining
yo‘qligi, tanglayida yoriqning bo‘lishi kuzatiladi. Aqlda o‘zgarish ku
zatilmaydi. Bu kasallikning tarqalish chastotasi yaxshi o ‘rganilmagan.
Autosom-dominant tipda turli ekspressivlik holati kuzatiladi.
9.12.
Irsiy kasalliklar profilaktikasining turlari.
Buyuk rus yo-
zuvchisi L.N.Tolstoy o ‘zining «Anna Karenina» romanini bunday
so‘zlar bilan boshlagan: «Hamma baxtli oilalar bir-biriga o ‘xshaydi,
ammo baxtsiz oilalar baxtsizligi bilan bir-biridan farq qiladi». Bu gap-
lami sog‘ yoki kasal bolalari bo‘lgan oilalarga taalluqli desa ham
bo‘ladi. Chunki irsiy kasal bo‘lgan har bir oila o ‘zgacha baxtsizdir.
Har qanday odam o ‘zidan sogiom zurriyot qoldirgisi keladi. Ekologik
muhitning yomonlashuvi 0 ‘zbekistonda ham xuddi butun dunyodagi
kabi sog‘lom bolalaming tug‘ilishini kamaytirmoqda.
Hamma irsiy patalogiyalar avloddan-avlodga o‘tib kelayotgan ge
netik «yukka» bog‘liq. Buning esa ikkita asosiy tomoni bor:
1. Segregatsiya - ya’ni patologik genni ota-onadan bolalari ga beri-
lishidir.
2. Yangi hosil bo‘lgan mutatsiyalar - ya’ni ota-onalaming irsiy
axborotni saqlovchi hujayralarining o ‘zgarishga uchrashi. Natijada
sog‘lom ota-onadan kasal bolalar dunyoga keladi.
Dostları ilə paylaş: