36
Bu
maqsadlar
quyidagilardan tashkil topadi:
iqtisodiy o‘sishni ta’minlash, har bir odamning
talablarini katta mi-
qdor va hajmdagi, sifatli tovarlar ishlab chiqarish hamda xizmat ko‘rsatish
vositasida qoldirish;
iqtisodiyotning samaradorligi yoki mavjud
resurslardan minimal xa-
rajatlar qilib, maksimal samara (foyda) olish;
xo‘jalik subyektlari: ishlab chiqaruvchilar, tadbirkorlar, xodimlarning
iqtisodiy erkinligi va ishlashni xohlovchi va bunga qobillarning hammasini
to‘liq bandligi;
narxlar va baholar, ularning umumiy darajasini
sezilarli darajada
ko‘tarilmagan yoki tushirilmagan, ya’ni inflyatsiyasiz va defetsitsiz optimal
darajasi;
jamiyatning ishlovchi va ishlamovchi a’zolari (ishlashga qobiliyati
yo‘q, kasal, qariyalar) o‘rtasida daromadlarning adolatli taqsimlanishidir.
Bozorning normal ishlashi va jamiyat uning oldiga qo‘ygan
iqtisodiy
maqsadlarni real amalga oshirish uchun bir qator
shart-sharoitlarni
ta’minlash zarur. Bular:
1. Bozor, tovar-bozor munosabatlari faqat xususiylashtirilgan mulk asosid-
agina, tovar ishlab chiqaruvchi, ishlab chiqarish vositalarining egasi bo‘lib, o‘z
mehnati natijalarini erkin tasarruf eta olgandagina amalga oshirilishi mumkin.
2. Ijtimoiy ishlab chiqarishda barcha ishtirokchilarning ishlab chiqarish
va tijorat sohalarida erkinligi zarurdir.
3. Qat’iy va avtoriter valyutaning mavjud bo‘lishi.
4. Kredit va moliya munosabatlarining aniq yo‘lga qo‘yilgan va ishlab
turgan tizimi.
5. Ishlab chiqaruvchilar va boshqaruv xodimlarining
bozor munosaba-
tlariga tashkiliy ravishda va ishonchli qo‘shilib ketish mahorati.
Dostları ilə paylaş: