IQTISODIYOT ASOSLARI
(AKT bo‘yicha mutahassislar uchun)
O‘QUV QO‘LLANMA O‘ZBEK
NEMIS TAJRIBA
LOYIHASI BO‘YICHA “AXBOROT VA TELEKOMMUNI-
KATSIYA TEXNOLOGIYALARI SOHASIDAGI KASBIY
TA’LIMGA KO‘MAKLASHISH-KOOPERATSIYA
LOYIHASI” DOIRASIDA ISHLAB CHIQARILGAN
«FAN VA TEXNOLOGIYA»
2006
Iqtisodiyot asoslari (AKT bo‘yicha mutahassislar uchun). T.,
3
KIRISH
Iqtisodiyot so‘zi nimani anglatadi?
Birinchidan, odamlarning o‘zlari iste’mol qilishlari uchun zarur bo‘lgan
ne’matlarni yaratishga qaratilgan faoliyatini tashkil
qilish usulini shunday
deb ataydilar «iqtisodiyot-ekonomika» so‘zining ma’nosining sinonimi
«xo‘jalik» tushunchasidir.
Ikkinchidan, «iqtisodiyot» odamlar cheklangan resurslardan o‘zlarining
hayotiy ne’matlariga bo‘lgan talablarni
qondirishda qanday foydala-
nayotganliklarini o‘rganuvchi fandir.
Bu fanning nomi Qadimiy Yunonistonning buyuk olimi Aristotel
tomonidan ikki so‘z: «oykos» – xo‘jalik va «nomos» – qonun so‘zlarini
qo‘shish yo‘li bilan berilgan. Shuning uchun ham «ekonomika» – iqti-
sodiyot» yunonchadan aynan tarjima qilinganda «xo‘jalik qonunlari»
ma’nosini bildiradi. Iqtisodiyot fani odamlarning o‘zlarini
tutishini
o‘rganishi sababi, garchi unda ishlatiladigan tadqiqot usullari matematika va
turli xil jadvallarning kengroq ishlatilishini, qo‘llanilishini taqozo etsa ham,
xuddi tarix yoki falsafasi kabi ijtimoiy fanlar toifasiga kiritilgan.
Nobel mukofoti sovrindori, amerikalik iqtisodchi, professor Pol Samu-
elson iqtisodiy nazariyaga shunday ta’rif beradi: «Iqtisodiy nazariya – bu
ishlab chiqarish va odamlar o‘rtasidagi almashinuv bo‘yicha faoliyat
haqidagi fandir. U
iqtisodiy hayotning harakatini, narxlarining ishlab
chiqarishini, ishsizlikning rivojlanishidagi tendensiyalarni o‘rganadi. Ana
shu holatlar o‘rganib borilgan sari iqtisodiyot
hukumat uning vositasida
iqtisodiy hayotga ta’sir qilishi mumkin bo‘lgan buyuk siyosatni ishlab chi-
qishga yordam beradi.
Iqtisodiyot nazariyasi – tanlash ilmidir. U
turli xil tovarlarni ishlab
chiqarish va jamiyatning turli xil a’zolari o‘rtasida taqsimlash uchun odamlar
cheklangan ishlab chiqarish resurslari (yer, mehnat, uskunalar,
texnik
bilimlar)dan foydalanishning qaysi usullarini tanlashlarini o‘rganadi. U odam
o‘zining iste’mol va ishlab chiqarishni tashkil qilish muammolarni qay tarzda
hal qilayotganligini o‘rganadi, pulni, foiz me’yorini, kapital va boylikni
tadqiq qiladi».