Iqtisodiyot asoslari


Makroiqtisodiyot va mikroiqtisodiyot nima?



Yüklə 2,8 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/128
tarix07.01.2024
ölçüsü2,8 Kb.
#209444
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   128
iqtisodiyot asoslari

Makroiqtisodiyot va mikroiqtisodiyot nima? 
Iqtisodchi ularga asoslanib, iqtisodiy o‘zini tutishiga taalluqli qonun-
larni ochishi mumkin bo‘lgan, bir-biridan mutlaqo farq qiladigan ikkita 
tahlil darajasi mavjud. 
Tahlilning bitta darajasi – bu makroiqtisodiy yondashuv, ikkinchisi – 
mikroiqtisodiy yondashuvdir. 
Makroiqtisodiyot
 – bu bir butun xo‘jalik haqidagi fan. 
Mikroiqtisodiyot
 – iste’molchilar va firmalar haqidagi fan.
Mikroiqtisodiyot ayrim iqtisodiy subyektlar faoliyati bilan bog‘liqdir. 
Ularga iste’molchilar, ishchilar, kapital qo‘yuvchilar, yer egalari, firmalar – 
amalda iqtisodiyotning faoliyat yuritishida sezilarli rol o‘ynaydigan har 
qanday shaxs yoki xo‘jalik yurituvchi subyekt kiradi. 
Mikroiqtisodiyot quyi darajada iqtisodiy qarorlar qanday va nima uchun 
qabul qilinishini tushuntiradi. Masalan, u iste’molchilar tovarni xarid qilish 
haqida qarorni qanday qabul qilishi, ularning tanloviga narxlar hamda 
iste’molchilarning daromadlarining o‘zgarishi qanday ta’sir qilishini, firma-
lar ishchilar sonini qanday rejalashtirishini, ishchilar o‘zlari qayerda va 
qancha mablag‘ sarflashlarini qanday hal qilishlarini tushuntirib beradi. 
Mikroiqtisodiyot alohida odamlar, korxonalar va bir butun olganda ja-
miyatning tanloviga ta’sir qiluvchi sabab-oqibat aloqalarini tadqiq qiladi. U 
cheklanganlik, tanlov va muqobil qiymat tushunchalari, shuningdek, ishlab 
chiqarish va iste’mol bilan ish ko‘radi. 
Mikroiqtisodiyotda biz alohida tarmoq, firma va uy xo‘jaligi terminlari 
bilan ishlaymiz va diqqatimizni ishlab chiqarish yoki aniq mahsulotning 
narxi, bir firmada band bo‘lgan ishchilar soni, alohida firmaning yoki alo-
hida oilaning tushumi yoki daromadi, ushbu firmaning yoki oilaning xa-
rajatlari va hokazo birikmalar (kattaliklar)ga jamlaymiz. Mikroiqtisodiy 
tahlil iqtisodiy tizimning ayrim o‘ziga xos spetsifik qismlari (kompo-
nent)larini yaqin masofadan ko‘rish uchun zarur. Mikroiqtisodiyot 
«o‘rmonni emas daraxtlarni» o‘rganadi. 
Makroiqtisodiyot iqtisodiyotning qanday tezlikda rivojlanayotgani, ish-
lab chiqarilgan mahsulotning hajmi qandayligi; daromadlar yig‘indisi 
qandayligi; bandlikning umumiy darajasi; xarajatlarning umumiy hajmi; 
narxlarning umumiy darajasi qandayligi va boshqa masalalarni o‘rganadi. 
Qisqa qilib aytganda, makroiqtisodiyot endi «daraxtlarni emas, 
o‘rmonni» o‘rgandi. 
Mikroiqtisodiyotdan farqli o‘laroq, makroiqtisodiyot bu iqtisodiyotning 
inflyatsiya, mamlakatda mehnat unumdorligini o‘sish sur’atlari, foizlarining 
hisob stavkalari, ishsizlik, iqtisodiy o‘sish kabi keng miqyosli iqtisodiy 
hodisalarni o‘rganadigan tarmoqdir. Ammo keyingi yillarda makro va 



mikroiqtisodiyot o‘rtasidagi chegaralar borgan sari yo‘qolib bilinmay 
ketmoqda. Buning sababi shundaki, makroiqtisodiyot ham, shuningdek, 
qo‘shilgan bozorlar, masalan, tovarlar, xizmatlar, ish kuchi va qimmatbaho 
qog‘ozlar bozorlari yig‘indisining tahlili bilan bog‘liqdir. Qo‘shilgan bozor-
lar qanday harakat qilishlarini tushunish uchun avvalo, bu bozorlarda faoli-
yat yurituvchi firmalar, iste’molchilar, ishchilar, kapital qo‘yuvchilarning 
o‘zlarini tutishlarini o‘rganish kerak. Shunday qilib, makroiqtisodiyot 
bo‘yicha mutahassislar borgan sari mikroiqtisodiy asoslashlar bilan ko‘proq 
shug‘ullanmoqdalar, makroiqtisodiyotning o‘zi esa haqiqatda mikroiqti-
sodiy tahlilning davomidir. Zamonaviy davlat pul-moliya sohasininggina 
emas, ijtimoiy ishlab chiqarishning makroiqtisodiy tartibga solish instituti 
va muhim omilidir. 
Makroiqtisodiyot 
va 
mikroiqtisodiyot 
tushunchalarining 
ajratib 
ko‘rsatilishi iqtisodiy fani predmetini uning alohida bo‘limlarga keskin 
bo‘lingan va uning istalgan mavzusini yo makro yoki mikro bo‘limga kiritsa 
bo‘laveradi, deb tushunmaslik kerak. Makro va mikroiqtisodiyot tahlil ja-
rayonining muhim sohalarida uyg‘unlashib ketishiga quyidagini misol 
keltirish mumkin: agar bundan 15-20 yil burun ham ishsizlikka ko‘proq 
makroiqtisodiy muammo sifatida qaralgan bo‘lsa, hozir esa iqtisodchilar 
ishsizlikning ma’lum bir darajasida yakka ishchilarining o‘zlariga boshqa va 
faoliyat yuritishning boshqa usulini ajratish haqidagi qarorlari muhim 
ahamiyatga ega ekanligini tan olmoqdalar. 

Yüklə 2,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   128




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin