9
TALABLAR VA RESURSLAR
Iqtisodiy tizimdagi ishlab chiqarish imkoniyatlari va tanlash
muammosi.
Iqtisodiyotda resursiy cheklanganlik.
Odamlar yashashlari uchun oziq-ovqat, uy-joy, kiyim-kechak va boshqa
ko‘pgina narsalar kerak. Hozirgi zamon kishisini buyumlar olami 4 million-
ga yaqin pozitsiyadan iborat va u doimo muttasil bormoqda.
Iqtisodiy tizimning ishlab chiqarish imkoniyatlari qo‘llanilayotgan
resurslarning kamyobligi uchun limitlangan. Buning ustiga jamiyat
rivojlanib
borgan sari, barcha iqtisodiy resurslarning cheklanganligi
saqlanib qoladi, hatto kuchayadi. Bu faqatgina qayta tiklanmaydigan tabiiy
resurslarning tugab
borayotganligi bilangina emas, balki, iste’molning ish-
lab chiqarishni rivojlantirish uchun muttasil ravishda impuls (turtki) berishi,
ya’ni tovar va xizmatlarning yangi turlari yaratilishi,
ularning sifat
xususiyatlarining o‘zgarishi, bu esa iste’molchilarning iste’mol va investit-
siya tovarlarga bo‘lgan talablarini o‘stirish bilan taqozo etiladi, izohlanadi.
Va har gal jamiyat bor bo‘lgan resurslar bilan bu ne’matlarning qaysilarini
va qanday miqyoslarda ishlab chiqarish masalasini hal qilishga majbur
bo‘ladi.
Misolni ko‘rib chiqamiz:
Imkoniyatlar
Iste’mol
tovarlari
Investitsion tovarlar
A
0
15
B
1
14
C
2
12
D
3
9
E
4
5
F
5
0