Iqtisodiyot asoslari


Nazariy iqtisodiyotning predmeti va usuli



Yüklə 2,8 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/128
tarix07.01.2024
ölçüsü2,8 Kb.
#209444
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   128
iqtisodiyot asoslari

Nazariy iqtisodiyotning predmeti va usuli 
Ishlab chiqarish resurslari hamma vaqt ham cheklangandir, chunki 
odamlarning xohish va ehtiyojlari, talablari doimo o‘sib boradi, ya’ni ular 
resurslardan farqli o‘laroq, cheklangan. Shuning uchun, yer, yer osti boy-



liklari, xom ashyo, dastgohlar, odamlarning mehnatidan samarali foyda-
lanishni o‘rganish zarurdir. 
Cheklangan resurslardan jamiyat hamda uning a’zolari talablarini 
qondirish uchun oqilona foydalanish muammosi nazariy iqtisodiyotning 
predmetidir. 
Fondlarni o‘rganib, farazlarni oldinga surishar ekan iqtisodchilar 
umumlashmalar chiqaradilar, iqtisodiyot faoliyat yuritishi uchun asos 
bo‘ladigan tamoyillar (qonuniyatlar)ni ochadilar. Bir xil holatlarda ular 
ma’lum bir hodisalar, tendensiyalarning rivojlanishini qayd qiladilar, 
boshqa holatlarda samarali ishlab turgan xo‘jalik tizimida «o‘yin qoidala-
ri» qanaqa bo‘lishi kerakligiga oid xulosalar chiqaradilar. U yoki bu hodi-
sa tendensiyalarni qayd etish, iqtisodiy ilmda ijobiy yo‘nalishga kiradi. 
Samarador bo‘lishi uchun iqtisodiyot qanday ishlashi kerak degan masala 
qo‘yilganda esa biz me’yoriy fanga yuzma-yuz kelamiz.
Iqtisodiyot
– murakkab, ko‘p darajali tizim. Shu narsa ayonki, uning 
hamma darajalari o‘zaro aloqador, o‘zaro bog‘liq. Ammo shunday 
bo‘lishiga qaramay, masalan, firma, tarmoq, xo‘jalikning faoliyat yuritish 
tamoyillari iqtisodiyotning bir butun tizim sifatida rivojlanishining qonun-
laridan farq qilmaydi. Shuning uchun nazariy iqtisodiyot 
cheklangan 
resurslardan makro va mikro darajasida samarali foydalanish muammola-
rini o‘rganadi.
Nazariy iqtisodiyotni muvaffaqiyatli o‘rganish o‘z-o‘zidan hayotda va tad-
birkorlik faoliyatida muvaffaqiyatlar garovi bo‘lolmaydi. Ammo iqtisodiy 
muammolarni bilish ular bilan faqat kasb faoliyati taqozosi bilangina bog‘liq 
bo‘lganlarga zarur emas. Nazariy iqtisodiyot iqtisodiyotning murakkab dun-
yosini tushunishini o‘rgatadi, fuqaroviy ongni shakllantiradi, fikrlashning iqti-
sodiy tipini yuzaga keltiradi. 
Metodologiya
– bu ilmiy bilishning tuzilish tamoyillari, shakllari va 
usullari haqidagi ta’limotidir. 
Iqtisodiy jarayonlarini bilish usullari boshqa fanlardagi jarayonlarni 
o‘rganishdan farq qiladi. Agarda biz haqiqiy bilimlarni qo‘lga kiritishni 
istasak, hamma holatlarda asoslarini qadimiy yunonlar qo‘ygan va Gegel 
tomonidan ilmiy nazariy darajasigacha rivojlantirilgan dialektik usulni 
qo‘llashimiz kerak. Ilmiy bilishning shakl va usullari anchagina va ularning 
ko‘pchiligida iqtisodiy olimlar keng foydalanadilar. Bular: 

kuzatuvchilar (statistik obyektlar); 

olingan materiallar sintez, tahlil, induksiya, deduksiya, tizimiy yon-
dashuv vositasida ishlash; 

faraz (gipoteza)larni ishlab chiqish va ularni tekshirish

sinovlar o‘tkazish; 

mantiqiy va matematik shakllardagi modellarni ishlab chiqish. 




Yüklə 2,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   128




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin