Xufyona iqtisodiyotning nazariy va metodologik asoslari. Xufyona iqtisodiyotning tarkibi, sabablari va oqibatlari.
REJA: Xufyona iqtisodiyotning mazmuni va vujudga kelish sabablari
Xufyona iqtisodiyot tarkibi va faoliyatining oqibatlari
Xulosa
KIRISH Xufyona iqtisodiyot (uni norasmiy, kuzatilmagan, yashirin iqtisodiyot deb ham atashadi) insoniyat jamiyatida davlat boshqaruvi shakllanishining dastlabki davrlaridan boshlab mavjud bo‘lib, hozirgi vaqtga kelib dunyoning barcha mamlakatlari uchun dolzarb muammoga aylangan. Xufyona iqtisodiyotning rivojlanishi miqyoslari har bir mamlakatning rivojlanish darajasi, undagi ijtimoiy- iqtisodiy holatiga va iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish va boshqarish xususiyatlariga bog‘liqdir. Shuning uchun har bir mamlakat iqtisodiyotida xufyona iqtisodiyotning o‘rni va roli ham turlichadir. Tadqiqotlar va kuzatishlar shuni ko‘rsatmoqdaki, xufyona iqtisodiyotning miqyoslari rivojlangan mammlakatlarda birmuncha kamroq, rivojlanayotgan, shuningdek, bozor iqtisodiyotiga o‘tish maqsadida chuqur islohotlarni amalga oshirayotgan sobiq sotsialistik mamlakatlarda kengdir. Shu boisdan xufyona iqtisodiyotning mohiyati, vujudga kelish va rivojlanish sabablarini, ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotga ta’sirini, uni ko‘lamlarini keskin kamaytirish, unga qarshi kurash masalalarini o‘rganish, tadqiq qilish barcha davlatlar uchun dolzarb ahamiyatga ega. Iqtisodiy adabiyotlarda bu masalalar xx asrning 70-yillaridan boshlab ilmiy jihatdan tadqiq etilmoqda.
Iqtisodiyot fanida iqtisodiyotning zamonaviy taraqqiyoti xususiyatlari institutsional iqtisodiyot nuqtai nazaridan jamiyatda amal qiluvchi formal va noformal institutlarning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotga ta’siri sifatida tadqiq qilinmoqda.
1.Xufyona iqtisodiyotning mazmuni va vujudga kelish sabablari