O’zbekistonda faoliyat olib boruvchi ijtimoiy-reabilitatsion muassasalar Reja



Yüklə 28,75 Kb.
səhifə1/2
tarix07.03.2023
ölçüsü28,75 Kb.
#86942
  1   2
3-mavzu


O’zbekistonda faoliyat olib boruvchi ijtimoiy-reabilitatsion muassasalar
Reja:
1.Bolalar va ismirlarga yordam ko’rsatish majmuasining umumiy kontseptsiyasi.
2.Bolalar va o’smirlarga yordam kirsatish xizmati strukturasi va tuzilish tamoyillari.
3.Ta`lim tizimidagi xududiy reabilitatsion xizmat.
4.Reabilitatsion xizmatni boshqarish modeli va uni amalga oshirish mexanizmi.
Tayanch tushunchalar: bolalar, o’smirlar, reabilitatsion muassasa, ta`lim tizimi, reabilitatsion xizmat sotsiologik tadqiqotlar, umumiy kontseptsiya.
Maxsus statistika va sotsiologik tadqiqotlar shuni ko’rsatadiki, ko’plab mamlakatlarda bolalar va o’mirlar nochor axvolda yashamoqdalar. Bu nochorlik ularning :
• psixologik va fiziologik sog’ligining susayishida;
• xaq —xuquqlarining buzilishida;
• ularga nisbatan kuch ishlatilishda;
• alohida pedagogik faoliyat talab etiladigan hamda ijtimoiy kelib chiqishi past oila farzandlarining maktablardan siqib chikarilishida;
• ishga joylashtirishda umumdavlat tizimining ish olib bormasligida;
• defekti bor, aqliy yoki jismonan zaif yoshlarni ish bilan ta`minlash muammolarining nazardan chetda qolganligida namoyon bilmoqda.
Bu masalalar balog’atga etmagan bolalar orasidagi jinoyatchilik sonining
ortib borishiga sabab bo’lmoqda. Shuning uchun ham:
1 Bolalar va yoshlarning ijtimoiy sharoitini sog’lomlashtirishga.
2. Ularning ichki ma`naviy dunyosini sog’lomlashtirishga doir chora-
tadbirlar kerak bo’ladi. Buning uchun:
• bolalar va o’smirlar rivojlanishining buzilish sabablarini aniqlash, ularni hal etish usul va vositalarini aniqlash
•normal` shaxsni rivojlantirishda qaratilgan tarbiya
jarayonini adekvat tahlil etish.
Voyaga yetmagan yoshlarning psixologik krizisini bartaraf etish faqatgina jamiyatni (iqtisodiy, ma`naviy va siyosiy) sog’lomlashtirish va umuminsoniy qadriyatlar asosida shaxsni rivojlantirishni ta`minlaydigan tarbiya tizimini yaratish asosida amalga oshiriladi. Bunda eng asosiy vazifalardan biri bolalar va o’smirlarga yordam ko’rsatish tizimini tubdan isloh qilishdir. Bu tizim bolalar va o’smirlarning ma`naviy — axloqiy sog’ligini, konstitutsion xaq —xuquqlarini himoya qilishga qaratiladi. Bulardan biri bolalar xuquqini himoya qilish xaqidagi Konventsiyadir. Bolalar va o’smirlarga yordam ko’rsatish xizmati strukturasi va tuzilish tamoyillari Yordam ko’rsatishning reabilitatsion xizmati bolalar va ismirlarga ijtimoiy — xuquqiy, psixologik, tibbiy va pedagogik jihatdan qo’llab kuvvatlashni ta`minlashga qaratilgandir. Bu xizmat ularning:
•turmush sharoiti va tarbiyasini jadallashtirishga kumak berish orqali;
• shaxsiy mol mulkka egalik xuquqlarini himoya qilish orqali;
• voyaga yetmagan yoki ekstremal (masalan halokatga uchragan) xolatlarga tushgan, sharoiti og’ir oila farzandlariga turli xil yordam berish orqali;
•qaltis guruhdagi oilalar va voyaga yetmaganlarga yordam berish orqali;
• kashandachilikka ruju kuygan oilalarning, ekstremal xolatlarning qurbon bo’lgan yoki ota — onasiz qolgan voyaga yetmagan bolalarga turli xil yordam berish orqali amalga oshiriladi. Ijtimoiy xuquqiy, psixologik —tibbiy va pedagogik yordam quyidagi tamoyillarga asoslanadi:
qonunga muvofiqlik;
insonparvarlik;
adolatparvarlik;
demokratiya;
tashkilotchilik va nazorat;
differentsial va individual yondoshish;
o’z vaqtida yordam berish;
yordamning yetarli va kompleksli bo’lishi;
ilmiy asoslanganlik va xizmat ko’rsatishda xududni hisobga olish.
Xududiy tamoyildan kelib chiqqan holda xizmat ko’rsatish ma`lum davlat organlari tomonidan amalga oshiriladi. Xizmat tajribalarini umumlashtirish, ilmiy metodik tavsiyalar berish, xizmat ko’rsatish xodimlarining malakasini oshirish uchun shahar, viloyat, tuman va Respublika ilmiy metodik markazlarini tashkil etiladi. Ularning eng asosiysi tuman ijtimoiy xizmat ko’rsatish tashkilotidir. Bolalar va o’smirlarga yordam kirsatishning tuman xizmat bilimlari quyidagi strukturadan tashkil topgan:
1.Psixolog — tibbiy, pedagogik yordam ko’rsatish.
2.Kasb tanlash biyicha maslaxat berish bilimi.
3.Tashkiliy axborot bilimi.
4.Metodik ishlar bilimi.
5.Oilaviy hayotning uyg’unligini ta`minlash va jinsiy tarbiya bilimi.
6.O’qituvchi va tarbiyachilar bilan maslaxat berish ishlarini olib borish bilimi
Ta`lim tizimidagi xududiy reabilitatsiya xizmati bir xududda bolalar va o’smirlarga ijtimoiy yordam kirsatish xizmati ma`lum kontingent asosida xududni inobatga olish tamoyilidan kelib chiqib amalga oshiriladi. Ta`lim tizimining reabilitatsiya xizmati—bu har bir bolaning yaxshi rivojlanishini va ijtimoiylashuvini ta`minlovchi, ularni kompleks holda reabilitatsiya qilishda qaratilgan elitar, adaptiv tashkilotlar (maktablar), profilli (kesim) tashkilotlarning umumiy xizmatidir. Reabilitatsiya qilish xizmatining asosiy maqsadi bolalarning rivojlanishidagi, xulq — atvoridagi, faoliyatidagi kamchiliklarni oldini olib profilaktika qilish va qayta tiklashdan iboratdir.
Reabilitatsiya qilish xizmatining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
•bolalar va ismirlarlarning rivojlanishidagi o’zgarishlarning (deformatsiyalanish) sabablarini aniqlash;
• ularni bartaraf etishning vosita va usullarini topish;
• ta`lim—tarbiya va yashash sharoitini jadallashtirish;
• normal` shaxsning shakllanishiga qaratilgan adekvat (bir xil) pedagogik jarayonni vujudga keltirish;
• maxsus reabilitatsiya xizmatga maqsad bolalarga korrektsiey rivojlantiruvchi maxsus dasturlar asosida har tomonlama yordam berish va x.k.
Reabilitatsiya qilish tamoyillari:
•xududdagi iqtisodiy, ijtimoiy, xududiy o’ziga xosliklarni inobatga olish;
• reabilitatsiya tadbirlarning xilma — xilligi;
pedagogik, ijtimoiy psixologik va biologik metodlarning birligi;
• bosqichlilik,
• individuallik, gumanistik yondoshish. Reabilitatsion xizmat ko’rsatishning ahamiyati:
• bolaning sog’ligini, qiziqishi va xuquqlarini himoyalashdan;
• deviatsiya xolatidagi rivojlanishni oldindan profilaktika qilishdan;
• pedagogik jarayonni insonparvarlashtirishni tashkil etishdan iboratdir.

Yüklə 28,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin