265
qo‘zg‘atish chulg‘ami zanjirini minimal – tokdan himoyasi; yurgazish vaqtining
cho‘zilib ketishidan vaqt relesi yordamidagi himoya. Bunday relening vaqt tutilishi
yurgazish chulg‘ami harorati maksimal ruxsat etilgan qiymatgacha ko‘rilish vaqti
inobatga olingan holda rostlanadi. Agar ajratilgan (rostlangan) vaqt ichida motor
sinxron rejimning ishchi xarakteristikaga erishmasa, motorni yurgazish to‘xtatilishi
va manbadan uzilishi kerak bo‘ladi.
O‘zgarmas tokli elektr yuritmalarda quyidagi himoyalar qo‘llaniladi:
- ta’minot manba kuchlanishi qisqa vaqt yo‘qolganda qayta ishlab ketishdan
himoyalaydigan «nol» himoyasi;
- kuch zanjiridagi qisqa tutashuvlardan maksimal tokli himoya;
- cho‘tka – kollektor tugunidagi ulanish shartlari bo‘yicha ruxsat etilagan yakor
tokini chegaralovchi maksimal tokli himoya;
- mustaqil qo‘zg‘atishli chulg‘am zanjirida minimal tok relesi yordamida minimal
– tokli himoya; bu himoya motor ruxsat eitlgan tezlikdan chetga chiqqanida elektr
yuritmani o‘chiradi.
Dostları ilə paylaş: