O‘zbеkiston rеspublikasi oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi


 - rasm. Ikki tezlikli asinxron motorni boshqarish sxemasi



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə138/182
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#209539
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   182
10.3 - rasm. Ikki tezlikli asinxron motorni boshqarish sxemasi 


270 
Boshqaruv buyruqlari uch pozitsiyali buyuruvchi – kontroller SA orqali 
beriladi. Boshlang‘ich holatda QF1 vaQF2 avtomatlari ulangan bo‘lib, buyuruvchi 
– kontroller nol (chap) holatda bo‘ladi. KV blok kontakt bilan o‘zini ta’minlashga 
o‘tadi, shuningdek elektr yuritmaning nol himoyasini ham ta’minlaydi. 
Buyuruvchi operator – kontrollerni birinchi (q.t-quyi tezlik) holatga qayta 
ulanganda KM1 – (q.t) kontaktor chulg‘ami kuchlanish oladi, kontaktor ishga 
tushadi, KM(T) tormozlash kontaktori chulg‘ami zanjiridagi 3 – 6 kontaktorini 
ulaydi va tarmoqqa uchburchak sxema bilan ulangan stator chulg‘amini manbaga 
ulaydi. Bu vaqtning o‘zida KMT tormozlash kontaktori ishga tushadi va YB (T) 
tormoz elektrmagnitiga kuchlanish beradi, tormoz sustlashadi (kolodkalar 
ko‘tariladi), va elektrmotor past tezlik bilan ishga tushadi (2p qutb juftligi). 
Buyuruvchi operator– kontrollerni ikkinchi holatga (yu.t.-yuqori tezlik) qayta 
ulanganda KM1 – (q.t) kontaktor chulg‘ami stator chulg‘amini tarmoqdan uzib 
qo‘yadi. KM2 – (yu.t) va KM3 – (yu.t) kontaktorlari chulg‘amlari kuchlanish 
oladi va bu kontaktorlar ishga tushadi. KM3 – (yu.t) kontaktorining kontaktori 
ulanib ikkilangan yulduzning nol nuqtasini tashkil qiladi. KM2- (yu.t) kontaktori 
kontaktorlari KMT kontaktori chulg‘ami zanjirini ulaydi va KM(T) tormoz 
kontaktori ishga tushadi yoki ulangan holatla qoladi. Bir vaqtning o‘zida KM2 – 
(yu.t) kontaktori stator chulg‘amini ikkilangan yulduz sxemasi bo‘yicha tarmoqqa 
ulaydi va motor katta tezlik bilan xarakatga o‘tadi (p qutb juftligi). Elektr 
yuritmani to‘xtatish uchun buyuruvchi – kontrollerni nol holatga qayta ulash kerak. 
Bunda kontaktorlar kuchlanish olmay qo‘yadi, stator chulg‘ami tarmoqdan uziladi, 
va KM(T) kontaktorlari ochiq holga keladi. KM(T) kontaktori elektrmagnitli 
tormoz chulg‘amidan kuchlanishni uzadi va tormoz ishga tushadi. Elektr yuritma 
M
q
yuklama qarshilik momenti hamda M
mt
mexanik tormoz momenti ta’sirida 
to‘xtaydi. 
Faza rotorli asinxron motorni boshqarish sxemasi stator zanjirlarini boshqarish 
apparatlaridan tashqari asinxron motorni yurgazishni boshqarish apparatlarini ham 
o‘z ichiga oladi. 10.4 - rasmda PDU 6220 rusumli panel sxemasi keltirilgan. Bu 


271 
sxema faza rotorli asinxron motorni ikki bosqichda yurgazish va dinamik 
tormozlash imkonini beradi. 
Motorni boshqarishni operator SA buyuruvchi – kontroller yordamida amalga 
oshiradi. Buyuruvchi – kontrollerning boshlang‘ich holati – nol holat. Masalan SA 
dastakni uchinchi holatga o‘tkazsin, KM2 kontaktorlari ulanib, stator chulg‘amini 
hamda KM5 chulg‘amini tarmoqqa ulaydi. KM5 kontaktori esa elektrmagnit 
tormoz YA chulg‘amiga kuchlanishni ulab tormozni yechadi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   182




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin