276
siljish ta’sirlari f ta’sir qilganda o‘tish jarayonlarini xarakterlovchi, kerakli dinamik
ko‘rsatkichlarni xosil qilish uchun ishlatiladi.
Elektr yuritmalarning yopiq konturli rostlash tizimlarida deyarli har doim
asosiy nazorat parametri sifatida tezlik bo‘lgan manfiy teskari bog‘lanish
ishlatiladi. Ushbu darslikning 4.2 va 4.8 boblarida bunday teskari bog‘lanishning
ishlash prinsipi, vazifasi hamda bu bog‘lanishning elektr yuritma dinamik va statik
xarakteristikalariga ta’siri mukammal ko‘rib chiqilgan edi. Unda aytilgan ediki,
tezlik bo‘yicha teskari bog‘lanish elektr yuritma mexanik xarakteristikasi
bikirligini oshiradi, rostlash aniqligini oshiradi, boshqaruv ta’sirlarining
ta’sirchanlik tezligini oshiradi, lekin o‘tish jarayonlari tebranishini oshirib
yuboradi.
Dostları ilə paylaş: