O‘zbеkiston rеspublikasi oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə140/182
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#209539
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   182
10.3.
 
Elektr yuritmalarni rostlash tizimlarini tuzish prinsiplari. 
Zamonaviy avtomatlashtirilgan rostlanadigan elektr yuritmalarda tezlikni, 
holatni va berilgan diapazondagi momentni ravon rostlash motor chulg‘amlariga 
uzatiladigan elektr energiyasi parametrlarini (tok, kuchlanish va chastota) 
qiymatini rostlash orqali amalga oshiriladi. Bu parametrlarni rostlash yarim 
o‘tkazgichli elektr energiyasi o‘zgartirgichlari (boshqariluvchi to‘g‘irlagich va 
chastota o‘zgartirgichlari), elektron rostlagichlar yoki mikroprotsessorli tuzilmalar 
yordamida bajariladi. 
Elektr yuritmalarning vazifasi va ularga qo‘yiladigan texnik talablarga ko‘ra 
rostlash tizimlarini qurish ikki turga bo‘linadi: 
- ochiq konturli rostlash tizimlari; 
-yopiq konturli rostlash tizimlari. 
Elektr yuritmani ochiq konturli rostlash tizimida chiquvchi rostlanuvchi 
koordinata bilan teskari aloqa (bog‘lanish) bo‘lmaydi. 10.6 a - rasmda ochiq 
konturli rostlash tizimi sxemasi keltirilgan. 


274 
10.6 - rasm.
Elektr yuritmalarni boshqarish tizimlarining
a) ochiq konturli, 
b) yopiq konturli funktsional sxemasi. 
Bunday tizimda rostlanadigan Y koordinataning aniq qiymati sezilarli 
darajada tizim bo‘g‘inlari va ishchi organlariga ta’sir qiladigan f siljishlarga 
bog‘liq bo‘ladi. Chunki 
U = X
boshqaruv signali rostlanadigan koordinataning 
berilgan qiymatidan og‘ishga bog‘liq bo‘lmaydi. Asosiy siljituvchi ta’sir bo‘lib 
mashina ishchi organidagi qarshilik momenti M
q
xizmat qiladi. Ba’zi hollarda 
siljituvchi ta’sirlar boshqa turda bo‘lishi ham mumkin, masalan iste’mol 
tarmog‘idagi kuchlanishning o‘zgarishi. 
Elektr yuritmani rostlashning yopiq konturli tizimida chiqish koordinatasi 
bilan teskari aloqa (bog‘lanish) mavjud bo‘ladi. Bunday tizim funksional sxemasi 
10.6 b - rasmda keltirilgan. 10.6- rasmda quydagi belgilanishlar qabul qilingan: 


275 
O’ – boshqariluvchi o‘zgartirigich; M – motor; Red – reduktor; IO – ishchi organ; 
Rost – rostlagich; AO’T- axborot o‘zgartirigich qurilmasi; 
f
Mq
– val motoridagi 
qarshilik momenti ta’siri. 
Rostlashning yopiq konturli tizimida U rostlash signali X
v
topshiriq 
signalidan va manfiy teskari aloqa signali Z dan shakllanadi. Z teskari aloqa signali 
Y rostlanadigan parametrning aniq qiymati haqidagi axborotni beradi va u elektr 
yuritma valiga ta’sir qiladigan siljishlarga bog‘liq bo‘ladi. Teskari aloqa kiritilishi 
bilan rostlash xatoligi ruxsat etilgan qiymatgacha kamayadi. Teskari bog‘lanishli 
elektr yuritma tizimi boshqaruv signali U topshiriq signali X
v
ga nisbatan rostlash 
og‘ishini (hatoligini) bildiradi. Bunda hech qaysi siljitish ta’sirlari o‘lchanmaydi, 
ulrning rostlanuvchi parametrga ta’siri teskari bog‘lanish kanali orqali qabul 
qilinadi. Natijada manfiy teskari bog‘lanishli tizimlarda chiqish parametri bo‘yicha 
og‘ishlar bo‘icha boshqarish amalga oshiriladi. 
Teskari aloqa (bog‘lanish) bu rostlash tizimi chiqishidan kirishga yakuniy 
signalni shakllantirish maqsadida hosil qilinadigan ahborotni o‘zgartirish va 
uzatish kanalidir. Boshqarish signalining tenglamasi U = X
v
± Z. Z signalining 
ishorasiga qarab teskari aloqa (bog‘lanish) manfiy yoki musbat bo‘ladi. Agar 
teskari bog‘lanish signali Z boshlang‘ich topshiriq signali X
v
bilan qo‘shilsa 
bunday bog‘lanish musbat bo‘ladi. Agar teskari bog‘lanish signali Z boshlang‘ich 
topshiriq signali X
v
dan ayirib tashlansa, bunday bog‘lanish manfiy bog‘lanish 
deyiladi. Ta’sir xarakteriga ko‘ra teskari bog‘lanishlar bikir, egiluvchan va 
nochiziq turlarga bo‘linadi. 
Agar teskari bog‘lanish faqat o‘tish jarayonlarida amal qilsa, bunday 
bog‘lanish egiluvchan deyiladi. Agar teskari bog‘lanish Y rostlanadigan 
parametrlarning faqat biror qiymatidan keyin amal qilsa, bunday bog‘lanish 
tutilgan teskari bog‘lanish deyiladi. Bikir va tutilgan teskari bog‘lanishlar avvalam- 
bor elektr yuritmaning statik xarakteristikalarini shakllantirish uchun ishlatiladi. 
Bundan tashqari bikir bog‘lanish va asosan egiluvchan teskari bog‘lanish rostlash 
tizimining ustivorligini ta’minlash uchun va tizimga topshiriq signallari X
v
hamda 


276 
siljish ta’sirlari f ta’sir qilganda o‘tish jarayonlarini xarakterlovchi, kerakli dinamik 
ko‘rsatkichlarni xosil qilish uchun ishlatiladi.
Elektr yuritmalarning yopiq konturli rostlash tizimlarida deyarli har doim 
asosiy nazorat parametri sifatida tezlik bo‘lgan manfiy teskari bog‘lanish 
ishlatiladi. Ushbu darslikning 4.2 va 4.8 boblarida bunday teskari bog‘lanishning 
ishlash prinsipi, vazifasi hamda bu bog‘lanishning elektr yuritma dinamik va statik 
xarakteristikalariga ta’siri mukammal ko‘rib chiqilgan edi. Unda aytilgan ediki, 
tezlik bo‘yicha teskari bog‘lanish elektr yuritma mexanik xarakteristikasi 
bikirligini oshiradi, rostlash aniqligini oshiradi, boshqaruv ta’sirlarining 
ta’sirchanlik tezligini oshiradi, lekin o‘tish jarayonlari tebranishini oshirib 
yuboradi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   182




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin