O‘zbеkiston rеspublikasi oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi


 - rasm. Asinxron motorni boshqarish uchun PDU 6220 rusumli panel



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə139/182
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#209539
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   182
10.4 - rasm. Asinxron motorni boshqarish uchun PDU 6220 rusumli panel 
sxemasi 
Motor rotor zanjiridagi to‘liq yurgazish qarshiligi bilan aylana boshlaydi. 
Berilgan sxemada ikki bosqichli reostatli yurgazish sxemasi qabul qilingan. Rotor 
qarshiliklarini bosqichma – bosqich ulash vaqtga qarab avtomatik tarzda amalga 
oshiriladi. KM2 kontaktori ulanganda KT1 vaqt relesi chulg‘ami o‘chiriladi, va 
vaqt tutilishi bilan KM3 kontaktori ulanadi. KM3 kontaktori esa yurgazish 
qarshiliklarini motor rotori zanjiri bilan tutashtiradi. 


272 
Motorni to‘xtatish uchun buyuruvchi – kontroller dastagini nol holatga 
keltiriladi. Bunda KM2 kontaktori o‘chiriladi va KM1 kontaktori ulanadi. U esa 
stator chulg‘amiga o‘zgarmas tokni ulaydi. Bu bilan motorning dinamik 
tormozlanishi boshlanadi. Tormozlanish vaqti KT3 vaqt relesi tomonidan 
belgilanib uning chulg‘ami ta’minot kuchlanishini yo‘qotganidan keyin vaqtga 
rostlanuvchan kontaktlari tomonidan dinamik tormozlash kontaktori KM1 va 
mexanik tormoz kontaktorlarini tarmoqdan uzadi. Sinxron motorlarni 
boshqarishning rele-kontaktorli sxemalari motorni ishga tushirish va tarmoqdan 
uzishdan tashqari motorning uyg‘otish zanjirini ham boshqaradi. 10.5 - rasmda 
sinxron motorning eng ko‘p qo‘llaniladigan boshqaruv paneli sxemasi keltirilgan. 
Sxemada uyg‘otgich sifatida sinxron motor valiga o‘rnatilgan o‘zgarmas tok 
generatori qo‘llanilgan.
10.5 - rasm. Sinxron motorning eng ko‘p qo‘llaniladigan PU7502 
boshqaruv paneli sxemasi 
 
Sinxron motorni ishga tushirish SA ulagich dastagini “yoq.” holatiga o‘tkazish 
bilan amalga oshiriladi. KV2, KV3 relelari o‘zgaruvchan tok zanjiri kuchlanishi 
mavjudligini nazorat qiladi. Agar kuchlanish mavjud bo‘lsa KV1 rele ishga tushib 


273 
kuch kontaktori KM1ni ishga tushiradi. Sinxron motor asinxron rejimda ishga 
tushadi. Uyg‘otgich kuchlanishi ortib boradi va sinxron motor sinxronosti tezligiga 
erishishi bilan motor sinxron tezlikka tortiladi. Tarmoq kuchlanishi 15-20% ga 
kamayganida KV3 o‘chadi va o‘zining normal yopiq kontakti bilan KM2 
kontaktorini ishga tushiradi. KM2 kuch kontaklari bilan jadallashtirish qarshiligi 
R
f
ni
shuntlashi natijasida sinxron motorning uyg‘otish toki va kuchlanishi ortadi. 
Bu holat tarmoqdagi kuchlanish birdaniga pasayganda motorning sinxronizmidan 
chiqib ketishidan asraydi. 
Agar tarmoqdagi kuchlanish uzoq vaqt o‘z holatiga qaytmasa KT vaqt relesi 
motorni o‘chiradi. 
O‘zgarmas tokli mustaqil uyg‘otishli motorlarni rele – kontaktorli boshqarish 
bugungi kunda ishlatilmaydi. Bu motorlar yarim o‘tkazgichli boshqariluvchi 
to‘g‘irlagichlar yordamida boshqariladi (5.3 va 5.4 - boblar). 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   182




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin