269
ulaydi va sxemani to‘xtashga tayyorlaydi. Yuritmani to‘xtatish uchun SB1-(to’xt)
tugmasi bosilib tormozlash relesi KT chulg‘amiga kuchlanish beriladi va bu rele
ulanadi. KM2 kontaktori kuchlanishni yo‘qotadi va stator chulg‘amini manbadan
uzib qo‘yadi. Bu vaqtda KM2 kontaktori o‘zining bloklash kontakti KM2 ni KM1
chulg‘am zanjiriga ulaydi. KM1 kontaktori ulanadi. Stator chulg‘ami fazalar ketma
– ketligi to‘g‘ri bo‘lgan yo‘nalishga ulanadi. Shuning uchun asinxron motor teskari
ulanishli tormozlash rejimiga o‘tadi. Aylanish tezligi nolga tushganda SR nazorat
relesi SR – (orq) kontaktini uzadi va KM1 kontaktor chulg‘ami manbadan uziladi
natijada KM1 kontaktori stator chulg‘amini manbadan uzib qo‘yadi.
Ba’zi texnologik qurilmalarda ikki tezlikli elektr motorli yuritmalardan
foydalaniladi. Bunday holatlarda stator qutb juftliklarini almashtirib ulash uchun
maxsus sxemadan foydalaniladi.
10.3 - rasmda ikki tezlikli asinxron motorli reverssiz elektr yuritma sxemasi
keltirilgan. Sxemada elektr motorni uchburchak ulanishdan ikki yulduzli ulanish
nazarda tutilgan. Bunday sxema texnologik qurilmaning ishchi organida quvvatni
saqlab qolib tezlikni o‘zgartirish talab qilingan joylarda ishlatiladi.
Dostları ilə paylaş: