O‘zbеkiston rеspublikasi oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə173/182
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#209539
1   ...   169   170   171   172   173   174   175   176   ...   182
 
 
 
 


350 
GLOSSARIY 
«Elektr yuritma» atamasi - 
«Elektr yuritma» atamasi ishchi mashina ijrochi 
organini harakatga keltiruvchi elektr motor va uni boshqarishga xizmat qiluvchi 
boshqariluvchi o‘zgartgich, elektrik va noelektrik o‘lchov o‘zgartgichlari, 
vazifalovchi qurilma va mexanik uzatish qurilmasi kabi qo‘shimcha texnik 
qurilmalar bilan bir majmuani tashkil etgan elektrmexanik tizimni anglatadi. 
 Elektr yuritmalar turlari - 
Elektr yuritmalar elektr motorlarning o‘zgarmas yoki 
o‘zgaruvchan tokda ishlashiga qarab o‘zgarmas va o‘zgaruvchan tok elektr 
yuritmalarga bo‘linadi. Elektr motorlarning aylanma yoki ilgarilanma 
harakatlanishiga qarab elektr yuritmalar aylanma va ilgarilanma harakatlanuvchi 
xillarga ajratiladi. 
Elektr yuritmalardagi elektr motorlarning soniga ko‘ra elektr yuritmalar individual 
va ko‘p motorli turlarga bo‘linadi. Ishchi mexanizm yoki mashinaning har bir 
ijrochi organini alohida elektr yuritmalar harakatga keltirsa, bunday elektr yuritma 
individual elektr yuritmalar deb ataladi. Agar ishchi mexanizm yoki mashinaning 
bir nechta ijrochi organlari bir necha elektr motorlar vositasida harakatga keltirilsa, 
u holda bunday elektr yuritmalar ko‘p motorli elektr yuritmalar deyiladi. Bir necha 
elektr motorlarning vallari ishchi mexanizm ijrochi organi bilan mexanik 
bog‘langan holda uni harakatga keltirishga xizmat qilsa, ular elektr yuritmalarning 
mexanik val deb ataluvchi turini hosil qiladi. Elektr zanjirlari o‘zaro bog‘langan bir 
nechta elektr motorlardan iborat elektr yuritmalar elektr val deyiladi. 
Elektr motorlarning tezligi rostlanishi yoki rostlanmasligiga qarab elektr yuritmalar 
tezligi rostlanadigan va tezligi rostlanmaydigan turlarga bo‘linadi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   169   170   171   172   173   174   175   176   ...   182




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin