346
12.6 - rasm. AP – 140 chastota o‘zgartirgichi o‘zgarmas tok bo‘g‘ini (3PT)
12.7 - rasm. Uch fazali ko‘prikli invertor sxemasi
Invertor tranzistorli kalitlarni KIM (kehgli impulsli modullash) –
boshqaruvchi yordamida o‘zgarmas kuchlanishni rostlanadigan chastotali (f) va
rostlanadigan amplitudali (U) o‘zgaruvchi kuchlanishiga aylantiradi. O‘zgarmas
tok zanjiri orqali aktiv quvvat tarmoqdan motorga uzatiladi.
Reaktiv quvvatning
aylanishi uchun zanjir tashkil qilinadi ( bu zanjir asinxron motor elektrmagnit
maydonini hosil qilish uchun tuziladi): motor statori chulg‘ami –
tranzistorli
kalitlarni shuntlovchi teskari diodlar – filtr kondensatorlariga ega. Kalitlar
yopilganda induktiv toklar diodlar orqali filtr sig‘imiga tutashadi.
347
Tranzistorli kalitlar drayverlar bilan boshqariladi.
Ular kuch
zanjirlarini boshqaruv zanjirlaridan ajratadi va tranzistorlar himoyasini
ta’minlaydi.
12.8 - rasm. AP – 140 elektr yuritmasining boshqaruv bloki
Mikroprotsessorli boshqaruv bloki (12.8 - rasm) dasturlanadigan kontroller,
analogli – raqamli o‘zgartirgichlar va boshqaruv pultidan tashkil topadi. Kontroller
chastotaga bog‘liq bo‘lgan amplitudali kuchlanishli o‘zgartirgich
chiqish
kuchlanishini keng – impulsli modullashtirishni amalga oshiradi (12.9 - rasmga
qarang).
U = A+Bf
Bu yerda A va V koeffitsientlar dasturlanadi.
Kontrollerda elektr yuritmani rostlovchi va texnologik
jarayon parametrlarini
ta’minlovchi PID rostlagichi dasturlangan, (masalan) suvning bosimi yoki sarfi.
348
Bu parametrlar bo‘yicha teskari bog‘lanish signallari
nazoratchiga ARQ orqali
kiritiladi.
Dostları ilə paylaş: