O‘zbеkiston rеspublikasi oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə179/182
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#209539
1   ...   174   175   176   177   178   179   180   181   182
 
 


356 
 Tezlikni rostlash diapazoni - 
elektr motor hosil qiladigan eng katta tezligi
qiymatining hosil qilinadigan tezligining eng kichik qiymatiga bo‘lgan nisbati 
elektr yuritma tezligini rostlash diapazoni deyiladi. 
Tezlikning turg‘un bo‘lish ko‘rsatkichi - 
tezlikning turg‘un bo‘lish ko‘rsatkichi, 
elektr motor validagi yuklanish momenti qiymatining ma’lum o‘zgarishlarida 
motor tezligining o‘zgarishini bildiradi va bu mexanik tavsifning bikirligi bilan 
bog‘liq. Bikirlik qancha katta qiymatga ega bo‘lsa, shuncha tezlikning yuklanish 
momentiga bog‘liqligi kam bo‘ladi va aksincha. 
Tezlikning silliq rostlanishi ko‘rsatkichi - 
bu ko‘rsatkich elektr motor sun’iy 
mexanik tavsiflaridagi bir sun’iy tavsifdan ikkinchi sun’iy tavsifga o‘tishdagi 
tezlikning o‘zgarishini bildiradi. Berilgan tezlikni rostlash diapazonida sun’iy 
tavsiflarning soni qancha ko‘p bo‘lsa, tezlikning rostlanishi shuncha silliq kechadi. 
Masalan, mustaqil qo‘zg‘aluvchan o‘zgarmas tok motori yakori zanjiriga 
beriladigan kuchlanishni bir qiymatidan ikkinchisiga uzluksiz holda o‘zgartirish, 
tezlikning sakrab o‘zgarmasdan silliq o‘zgarishiga olib keladi. Asinxron motor 
qutblar juftligi sonini o‘zgartirish tezlikning silliq emas, balki sakrab o‘zgarishiga 
olib keladi va tezlikni rostlash silliq kechmaydi. 
Ishchi mexanizm holatini rostlash - 
ba’zi texnologik jarayonlardan kelib chiqqan 
holda ishchi mexanizm ijrochi organining fazodagi yoki ma’lum yuzadagi holatini 
yetarli darajada aniqlikda o‘zgartirish. Masalan, robot va manipulatorlar ishchi 
organlarining fazodagi holatini boshqarish, liftlarning kabinalarini qavatlarda 
kerakli aniqlikda to‘xtatishlarda qo‘llaniladi. 


357 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   174   175   176   177   178   179   180   181   182




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin