Keltirilgan inersiya momenti va yuklanish momentlari - elektr yuritma
mexanika qismlari va ishchi mashina ijrochi organining mexanik harakatlanuvchi
qismlari inersiya momentlarining elektr motor valiga ta’sir etuvchi yagona
ekvivalent inersiya momenti bilan almashtirilgan qiymati elektr yuritmaning
keltirilgan inersiya momenti deyiladi.
Elektr yuritma mexanika qismlari va ishchi mashina ijrochi organining mexanik
harakatlanuvchi qismlari aylantirish momentlarini elektr motor valiga ta’sir etuvchi
yagona ekvivalent moment bilan almashtirilgan qiymati elektr yuritmaning
keltirilgan yuklanish momenti deyiladi.
Elektr yuritmaning turg‘un harakati - e lektr motor hosil qiladigan elektrmagnit
moment bilan ijrochi organ yuklanish momentining o‘zaro teng bo‘lishi, elektr
yuritma harakatining turg‘un bo‘lishiga olib keladi, ya’ni harakatning o‘zgarmas
ekanligini yoki harakat to‘xtaganligini anglatadi.
Elektr yuritmaning noturg‘un harakati - elektr motor hosil qiladigan elektr-
magnit moment bilan ijrochi organ yuklanish momentining o‘zaro teng bo‘lmasligi
elektr yuritma harakatining noturg‘un bo‘lishiga olib keladi. Agar elektr motor
hosil qiladigan elektrmagnit momentning ishchi mexanizm ijrochi organi yuklanish
momentidan katta bo‘lishi elektr yuritma harakatining tezlanishli xarakterli
bo‘lishini, aks holda, yuklanish momentining motor elektrmagnit momentidan
katta bo‘lishi elektr yuritma harakatining so‘nuvchanlik xarakterda bo‘lishini
bildiradi.
Elektr yuritmaning koordinatalarini rostlanishi - elektr yuritma bajarayotgan
vazifadan kelib chiqib, ishchi mashina ijrochi organi harakatini boshqarishda elektr
yuritmaning tezligi yoki tezlanishi, momenti, toki va ijrochi organning fazodagi
o‘rni kabi koordinatalarining qiymatlari texnologik jarayon talabidan kelib chiqqan
holda keng oraliqda rostlanishi mumkin.