29
Elektr yuritma motor rejimida ishlaganda
tarmoqdan kelayotgan elektr
energiyasi elektrmotor yordamida mexanik energiyaga aylantiriladi. Bu mexanik
energiya esa texnologik jarayonni bajarish uchun mashina ishchi organiga uzatiladi
(metallarni kesish,
nasoslarning ishlashi, yuk ko‘tarish va x.k.) kuch kanalining
barcha bolimlarida energiyaning bir qismi yo‘qotiladi.
Shuning uchun elektr
energiyani o‘zgartirish va uzatish vaqtida isroflarni kamaytirishga harakat qilish
kerak. Elektr yuritmaning energetik samaradorligi
foydali ish koeffitsenti
ko‘rsatkichi bilan belgilanadi. Bu ko‘rsatkich ishchi organdagi foydali quvvat (P
foy
)
ning ishlatilgan (P
ishl
) quvvatga nisbati bilan aniqlanadi.
η
e.yu
= P
foy
/P
ishl
= η
o’zg *
η
e.m*
η
u
Yoki bu ko‘rsatkich elektr o‘zgartirgich, elektromexanik o‘zgartirgich va
uzatma foydali ish koeffitsentlarining ko‘paytmasiga teng bo‘ladi.
Yuqoridagi formulada:
η
e.yu
– elektr yuritmaning F.I.K.i
P
foy
–foydali quvvat
P
ishl
–ishlatilgan quvvat
Η
o’zg
–
elektr o‘zgartirgichning F.I.K.i
η
e.m
–
elektromexanik o‘zgartirgichning F.I.K.i
η
u
–
uzatmaning F.I.K.i
To‘liq ishchi mexanizmning foydali ish koeffitsentini aniqlash uchun
yuritma F.I.K.ni ishchi mashina F.I.K.ga ko‘paytirish kerak:
η =P
tex
/ P
ishl
= η
e.yu *
η
i.m
bunda :
P
tex
–berilgan texnologiya uchun zarur bo‘lgan quvvat
η
i.m
– ishchi mashinaning F.I.K. si.
30
Elektr yuritmalar nafaqat motor (harakatlantiruvchi) rejimda,
balki tormoz
(toxtatish) rejimida ham ishlatiladi (yukni tushirish, kran yuritishni to‘xtatish va
x.k.). Bunday holatlarda tushayotgan yukning
potentsial energiyasi yoki
harakatlanayotgan massaning kinetik energiyasi kabi tormozlanish energiyalari
generator rejimida ishlaydigan elektromexanik o‘zgartirgichga uzatiladi. Bu
energiya, agar ishlatilgan energiyani qayta tiklash talab qilinsa, energiya manbaiga
qaytariladi. Agar energiyani qayta tiklash talab qilinmasa
bu energiya ballast
qarshiligi (R) orqali yoqotiladi. (1.6 - rasm).
Elektr yuritmaning asosiy vazifalaridan biri o‘zgartirilgan mexanik
energiyaning
boshqarishdir, ya‘ni texnologik jarayonini boshqarish. Uni elektr
yuritma tarkibiga kiruvchi axborot-boshqarish tuzilmasi amalga oshiradi.
Elektr
yuritmaning umumiy tuzilishi 1.7 - rasmda ko‘rsatilgan. Bu yerda uzlukli chiziq
bilan elektr yuritma tarkibiga kiruvchi va yuritmaning kuch va axborot kanallarini
tashkil etuvchi tizimning elementlari chizilgan.
Dostları ilə paylaş: