O‘zbеkiston rеspublikasi oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi


Tezlikni rostlash sifat ko‘rsatkichlari



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə63/182
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#209539
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   182
4.2. Tezlikni rostlash sifat ko‘rsatkichlari. 
 
Elektr yuritma tezligini rostlashni xarakterlovchi asosiy ko‘rsatkichlardan 
biri rostlash diapazonidir. Rostlash diapazoni D – bu elektr yuritmaning erishilgan 
(o‘rnatilgan) maksimal tezligining minimal tezlikka nisbatidir. Bunda motor 
validagi yuklamaning ma’lum oraliqlaridagi o‘zgarishi holati nazarda tutiladi. 
Rostlash diapazoni qiymatini aniqlash 4.2 – - rasmda keltirilgan.
4.2 - rasm. Tezlik bo‘yicha rostlash diapazonini aniqlash. 
Elektr yuritma to‘g‘ri chiziqli mexanik xarakteristikalarga ega deb tasavvur 
qilamiz. 1- chiziq mexanik xarakteristikaning tezligi bo‘yicha maksimal qiymatiga 
mos keladi.


116 
Yuritmaning rostlanuvchi xarakteristikalari pastga qarab 1 – xarakteristikaga 
parallel ravishda siljib boradi deb faraz qilaylik, unda bu xarakteristika ham o‘sha 
bikirlik β ga ega bo‘ladi. Bu esa zamonaviy boshqariladigan yuritmalarning 
aksariyatiga xosdir. Talab qilinadigan maksimal momentni ta’minlaydigan quyi 
chegaraviy xarakteristika 2 – xarakteristika bo‘ladi. Uning rostlash diapazoni 
maksimal tezlikni minimal tezlikga nisbatiga teng bo‘ladi. U esa berilgan 
maksimal va minimal momentlarning o‘rtacha qiymati sifatida aniqlanadi. [8]. 
M
o‘r
 = 
D = 

(4.1)
 
4.2 - rasmdagi grafikka ko‘ra quyidagini topamiz. 
 ; 
 
 ; 
Bu qiymatlarni (4.1) ga qo‘yib hosil qilamiz:
; (4.2) 
Bunda, 
β – bikirlikning absolyut qiymati. 
(4.2) formuladan ko‘rinadiki, rostlash diapazoni yuritma mexanik 
xarakteristikasining bikirligiga bog‘liq bo‘ladi: bikirlik qancha katta bo‘lsa, 
rostlash diapazoni ham shuncha katta bo‘ladi. 
Rostlash sifatining ikkinchi ahamiyatini ko‘rsatkichi tezlikni rostlash 
aniqligidir. ω

statik xatolik yoki yuklama quyilishi yoki (olinishi)ga elektr 
yuritmaning reaksiyasini (ta’sirlanishini) bildiradi. Agar bir chiziqli mexanik 
xarakteristikaga ega bo‘lgan rostlanuvchi elektr yuritmani taxlil qilsak (boshqaruv 
ta’siriga qarab β doimiy bikirlik bilan pastga ravon siljiydigan), unda absolyut 
statik xatolik quyidagiga teng bo‘ladi (4.3 - rasm):


117 
ω
s
 =
(4.3) 
Bu hatolik bikirlik doimiy bo‘lganda butun rostlash diapazoni bo‘yicha bir 
xil bo‘ladi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   182




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin