5.8 - rasm. Mustaqil qo‘zg‘atishli o‘zgarmas tok motorining dinamik
tormozlanish sxemasi
Dinamik tormozlanish rejimining mexanik xarakteristikalari 5.9 - rasmda
keltirilgan. Agar R
d.t
= 0 bo‘lsa, motorning yakor zanjiri qisqa tutashtirilgan
bo‘ladi va mexanik xarakteristika bikirligi (Ф = Ф
n
bo‘lganda) tabiiy
xarakteristika bikirligi singari bo‘ladi. R
dt
qarshilik oshishi bilan mexanik
xarakteristikasining bikirligi
β
=
nisbat bilan kamayadi, va mexanik
xarakteristikalar to‘g‘ri chiziqli bo‘lib, koordinata boshidan nursimon bo‘lib
tarqaladi.
5.9 - rasm. Dinamik tormozlanish rejimidagi mustaqil qo‘zg‘atishli o‘zgarmas
tok motorining mexanik xarakteristikalari
136
(5.5) formuladan kelib chiqadiki, U
ya
= 0 bo‘lganda dinamik tormozlanish
mexanik xarakteristikalari formulasi quyidagicha bo‘ladi:
ω = -
Dinamik tormozlanish rejimining kamchiliklari quyidagilardir: tormozlanish
energiyasining yuritma elementlarini qizdirishga sarflanishi bilan yo‘qotilishi;
yuritma tormozlanishini uni to‘liq to‘xtatishgacha qo‘llashning iloji yo‘qligi.
Dinamik tormozlanishninng afzalliklariga quyidagilar kiradi: uning yuqori
ishonchliligi, ya’ni bu tormozlanishning iste’mol kuchlanishi yo‘qotilganida
yakor zanjiri iste’mol manbasi ishdan chiqqanda ham qo‘llash mumkinligi.
Bundan xulosa qilib aytiishimiz mumkinki, dinamik tormozlanishi avriyaviy
holatlardagi tormozlanish deb xisoblashimiz mumkin.
Teskari ulanib tormozlanishni mustaqil qo‘zg‘atishli o‘zgarmas tok
motorlarida qo‘llanishi maqsadga muvofiq emas.
5.2. Tiristorli o‘zgartgich – o‘zgarmas tok motori tizimi bo‘yicha elektr
yuritmalar
Mustaqil qo‘zg‘atishli o‘zgarmas tok motorlari iste’moli uchun quyidagi
rostlanuvchi iste’mol manbalari ishlatiladi:
- elektrmashina agregatlari – o‘zgarmas tok generatori – o‘zgaruvchan tok
motori (G – D tizimi),
- faza boshqaruvli tiristorli o‘zgartirgichlar (to‘g‘irlagichlar) (TO’ – D
tizimi).
- kengli impulsli rostlash usuli bilan to‘g‘irlagich kuchlanishini o‘zgartirish
yarim o‘tkazgichli to‘g‘irlagichlari (IKBO’ - D).
|