O‘zbеkiston rеspublikasi oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi


 - rasm. TO’ – D elektr yuritmaning kuch sxemasi



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə72/182
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#209539
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   182
5.10 - rasm. TO’ – D elektr yuritmaning kuch sxemasi 
a) bir fazali, ko‘prikli, reverssiz; 
b) uch fazali, ko‘prikli, reverssiz; 
c) uch fazali, ko‘prikli, qarama – 
 qarshi parallel reversli aloxida boshqaruvli sxema. 
Generator motor tizimi, bunda o‘zgarmas tok motori energiyani 
elektrmashina agregatidan oladi, hozirgi kunda ma’naviy eskirgan hisobladi va 
muhim jihozlarda ishlatilmaydi. Bu tizim faqatgina mobil jihozlar va 
qurilmalarda qo‘llanilmoqda (masalan, ekskavatorlar). 
O‘zgarmas tok motori rostlanadigan yuritmaning asosiy tizimi tiristorli 
o‘zgartgich – o‘zgarmas tok motori bo‘lib qolmoqda. Bu tizimning asosiy 
sxemalari 5.10 - rasmda keltirilgan.
Tiristorli o‘zgartgichlar sxemasi asosiy elementi yarim boshqariluvchi, 
yarim o‘tkazgichli asbob – tiristor hisoblanadi. Tiristorning yoqilishi boshqaruv 
tizimi bilan nazorat qilinadi, ya’ni tiristorning boshqaruvchi elektrodiga 
ochuvchi impuls berilganda u ochiladi va impuls olingandan so‘ng ochiq 
qoladi. Tiristor anod – katod kuchlanish qutbi o‘zgargandan keyin va tok 
nolgacha tushgandan keyin yopiladi. Tiristorlarni zanjirni boshqarish bo‘yicha 
yopish mumkin emas. Shuning uchun ular yarim boshqariluvchi deyiladi. 
Yuqorida aytilganlar bir operatsiyali tiristorlarga taaluqli. Tiristorni boshqaruv 


138 
zanjiri bo‘yicha yopiladigan tiristorlar ham mavjud. Biroq bu tiristorlar 
hozircha yuritmaning TO – D tizimida ishlatilmaydi. 
Tiristorli o‘zgartgich o‘zgarmas tok elektr yuritmalari sxemalarida ikkita 
vazifani bajaradi: 
Iste’mol tarmog‘idagi o‘zgaruvchan kuchlanishni to‘g‘irlash va to‘g‘irlangan 
kuchlanish qiymatini rostlash. 
To‘g‘irlangan kuchlanishning o‘rtacha qiymatini rostlash prinsipi bir fazali 
ko‘prikli sxemada ko‘rib chiqamiz (5.10 a - rasm). 
Agar VS1 va VS4 tiristorlarga ochuvchi impuls (mos ravishda iste’mol 
kuchlanishi sinusoidasi yarim to‘lqini bo‘yicha VS3 va VS2 tiristorlariga ham) 
tabiiy ochilish paytida, ya’ni katod – anod kuchlanishi musbat bo‘lganda 
uzatilsa, o‘rtacha to‘g‘irlangan kuchlanish (5.11 a - rasmda shtrixlangan yuza) 
maksimal bo‘ladi va quyidagiga teng bo‘ladi:

d0
 = K
sx
 ·U
l
,
(5.14) 
Bu yerda
U
l
– o‘zgaruvchan tok tarafidagi chiziqli kuchlanish. 
K
sx
– to‘g‘irlanish sxemasi koeffitsienti. 
- bir fazali ko‘prikli sxema uchun 0,9 
- uch fazali ko‘prikli sxema uchun 1,35 
- uch fazali nol sxema uchun 0,675. 
Agar ochuvchi impulslar tiristorlarga tabiiy ochilish paytida burchakka 
kechikib uzatilsa ( - tiristorni boshqarish burchagi), unda o‘zgartirgichning 
o‘rtacha to‘g‘irlangan kuchlanishi 5.11 v - rasmda ko‘rsatilaganidek kamayadi. 
Bunda VS1 vaVS4 tiristorlar VS3 va VS2 tiristorlar ochilgunga qadar o‘zidan tok 
o‘tkazadi, ya’ni katod – anod kuchlanishi manfiy bo‘lgan paytda. Buning sababi 
to‘g‘irlangan tok zanjirida motor yakori chulg‘amining ancha katta induktivligi L
ya
bo‘ladi, va tok o‘zidan induksiyalanish E.YU.K. ta’sirida o‘ta boshlaydi. Agar 
to‘g‘irlangan tok zanjirida induktivlik bo‘lmaganda edi (ya’ni sof yuklama 
bo‘lganda), anod kuchlanishining nol orqali o‘tishi bilan tok tugagan bo‘ladi, va bu 
holatda tok uzuqli bo‘lar edi. L
ya
induktivlikning katta qiymatida o‘zgartirgichning 


139 
to‘g‘irlangan o‘rtacha kuchlanishi va burchak orasidagi bog‘lanish quyidagicha 
bo‘ladi: 
E
d
= E
d0
·cos
(5.15) 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   182




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin