128
5.3 - rasm. Mustaqil qo‘zg‘atishli o‘zgarmas tok motori reostatli mexanik
xarakteristikalari
Yakor zanjiriga qarshilik kiritish bilan
erkin aylanish tezligi
o‘zgarmas
bo‘lib qolaveradi, faqat mexanik xarakteristikalarining og‘ishi o‘zgarib boradi,
ya’ni ularning bikirligi kamayib boradi (5.3 - rasmga qarang). Tezlikni rostlashni
bu usuli bugungi kunda qo‘llanilmaydi, chunki qo‘shimcha
qarshilikni kiritish
unda ancha energiya yo‘qotishlarga sabab bo‘ladi.
Mustaqil qo‘zg‘atishli o‘zgarmas tok motorlari tezligini rostlashning asosiy
usuli motor yakoriga beriladigan kuchlanishni rostlashdir.
Bunda tezlik o‘zgarishi asosiy tezlikdan (nominaldan) pastga qarab ketadi va
tabiiy xarakteristika bilan aniqlanadi (5.4 - rasm). Yakor kuchlanishi kamaytirilishi
bilan erkin aylanish tezligi
ham kamayadi, mexanik xarakteristika bikirligi esa,
o‘zgarmas bo‘lib qoladi. Iste’mol kuchlanishni nominal qiymatidan oshirishga
ruxsat berilmaydi, bu kollektor kontaktlarida ulanishning sustlashishiga olib kelishi
mumkin.
Rostlashning
ravonligi, rostlashdagi energiya yo‘qotishlarning yo‘qligi va
mexanik xarakteristiklar yuqori bikirligi, bu
usulda rostlashning asosiy
afzalliklaridir.