151
bo‘ladi va tiristorli to‘g‘irlagichning quvvat koeffitsienti yuqori bo‘ladi. Tezlik
kamaytirilishi bilan o‘zgartirgichning to‘g‘irlangan kuchlanishi kamayib boradi va
mos ravishda cosφ
1
ham pasayadi. Taxminan quyidagicha deyishimiz mumkin:
cosφ
1
≈ ω /ω
n
.
Agar TO’ – D yuritma uzoq vaqt davomida kamaytirilgan tezliklarda ishlasa,
quvvatning o‘rtacha salmoqli koeffitsienti past bo‘ladi. Shuning uchun TO’ – D
yuritmaning energetik ko‘rsatkichlarini cosφ
1
yuqori bo‘lgandagi nominal
qiymatlar bilan emas, uning o‘rtacha salmoqli qiymati bilan baxolanishi kerak.
Cosφ
1
ning kichik qiymatlari asosan yuritmani yurgazish paytida bo‘ladi. Shuning
uchun katta quvvatli yuritmalarni yurgazishda reaktiv quvvatning ancha
ko‘tarilishi kuzatiladi.
Yuqorida aytilganlarga ko‘ra tiristorli o‘zgartirgichlar bilan birga filtrli
kompensatsiyalovchi qurilmalarni ulash tavsiya qilinadi. Bu qurilmalar
o‘zgartirgich cosφ ni ko‘taradi va iste’mol tarmog‘idagi tokning garmonik
tarkibini yaxshilaydi. Natijada o‘zgartirgichlarning iste’mol tarmog‘iga salbiy
ta’siri yo‘qotiladi.
Dostları ilə paylaş: