155
Yakor zanjiriga qo‘shimcha qarshilik
kiritish bilan mexanik
xarakteristika bikirligi pasayadi va Mk qiymat ham kamayadi (5.19 - rasmga
qarang).
Rostlanishning bu usuli motorni yurgazish paytida qo‘llaniladi.
Bunda
qarshilik pog‘onalari KM1, KM2, KM3 kontaktorlari bilan ulanadi. 5.19 - rasmda
uch pog‘onali yurgazish sxemasining yurgazish xarakteristikalari berilgan. Uzoq
vaqt reostatlarda ishlash energiyaning qarshiliklarda sezilarli yo‘qotilishiga sabab
bo‘ladi.
5.19 - rasm. Ketma – ket qo‘zg‘atishli motorning reostatli mexanik
xarakteristikalari.
Ketma – ket qo‘zg‘atishli motor tezligini rostlashning eng tejamli usuli
motorga beriladigan kuchlanishni o‘zgartirish usulidir. 5.20
- rasmda shu usulga
mos bo‘lgan mexanik xarakteristikalar ko‘rsatilgan. Kuchlanishni kamaytirib
borish bilan ular pastga tabiiy xarakteristikaga parallel holda siljib boradi.
Tashqaridan kuchlanishni o‘zgartirish bilan rostlash sun’iy
xarakteristikalari
reostat xarakteristikalari bilan o‘xshash, lekin rostlashning usullarida keskin farq
bor. Reostatli rostlashda qo‘shimcha qarshiliklarda energiya yo‘qotish kuzatiladi,
kuchlanishni o‘zgartirish bilan rostlashda bunday yo‘qotishlar kuzatilmaydi.