157
Ko‘rilayotgan motorlarda qo‘zg‘atish oqimini o‘zgartirish yakor chulg‘amini
qarshilik bilan shuntlash yordamida amalga oshirish mumkin (5.22
a - rasmga
qarang). Bunda qo‘zg‘atish toki quyidagiga teng bo‘ladi.
I
q
= I
ya
+U/R
sh
,
Ya’ni bu tok motor yuklamasiga bog‘liq bo‘lmagan
tashkil etuvchiga ega
bo‘ladi. Unda motor aralash qo‘zg‘atishli xususiyatiga ega bo‘ladi:
mustaqil va
ketma – ket. Mustaqil qo‘zg‘atish hisobiga mexanik
xarakteristikalar katta
bikirlikka ega bo‘ladi va ordinata o‘qini kesib o‘tadi.
Bu usul bilan rostlashning
taxminiy mexanik xarakteristikalari 5.22 b - rasmda ko‘rsatilgan. Yakorni
shuntlash pasaytirilgan turg‘un tezlikni hosil qilish imkonini beradi (motor valida
yuklama bo‘lmaganda ham). Berilgan sxemada motorning ω >ω
01
yoki ω >ω
02
tezligida rekuperativ tormozlanish rejimiga o‘tish imkoniyati tug‘iladi.
Ko‘rilayotgan rostlash usulining sezilarli kamchiligi uning tejamli emasliligi, ya’ni
shuntlash qarshiliklaridagi katta energiya yo‘qotishlaridir.
Dostları ilə paylaş: